So’nggi yangiliklar

15:41Ўзбекистон кубоги. Бугунги ўйинлар бошланмоқда   0 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  0 14:55Алишер Одилов: "Плей-оффда Саудия ёки Ироқ билан тўқнаш келишимизнинг фарқи йўқ, барибир ғалаба қозонамиз"  10 14:36Осиё Кубоги. Корея Республикаси – Япония учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:20Ўзбекистон кубоги доирасидаги Жиззах дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 13:57Серу Гирасси учун курашга яна бир клуб қўшилди  0 13:35Ҳусанов, Файзуллаев ва бошқалар. Бугун яна қайси легионерларимизнинг ўйинлари бор?  3 13:13Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг тахминий таркиби билан танишинг  7 13:02Модрич Лунинга "Манчестер Сити" футболчиси пенальтини қаёққа тепишини олдиндан айтиб берган  15 12:29Зидан "Манчестер Юнайтед"даги вазиятни кузатиб бормоқда  5 11:58"Севилья" "Реал" ва "Барселона" ўйинчиларини ижарага олмоқчи  0 11:28«Милан» ёзда Пиолини истеъфога чиқаради. Унинг ўрнига ким бош мураббий бўлиши маълум  9 11:04«Реал Мадрид» Начонинг ўрнига кимни олиб келиши маълум  6 10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  6

Ulug'bek Baqoev: "Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman"

Coca Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Paxtakor" (2:2) bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'rganingizdek, o'yinni yomon boshladik. Bahs boshidanoq 2 ta gol o'tkazib yuborganimiz tufayli 2-3 ta o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Futbolda o'yini chiqmagan futbolchi almashtiriladi. Murabbiylar shtabi to'g'ri qarorga kelib, o'yinni qutqarib qoldi. Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizni natija bilan tabriklayman va ularga minnatdorlik bildiraman", – dedi Baqoev.

- "So'g'diyona" dastlabki 20 daqiqada o'ziga o'xshamadi...

- Aytib o'tganimdek, o'yinimiz chiqmadi. Uyg'onganimizda kech bo'lgandi, chunki darvozamizdan allaqachon 2 ta to'p olib chiqqan edik. "Paxtakor" kabi jamoa bilan sust o'ynab bo'lmaydi. Nafaqat "Paxtakor", balki har qanday jamoa bilan oxirgi daqiqalargacha o'ynash, astoydil kurashish kerak. Biz O'zbekiston chempioni bilan o'ynaganimizni unutmasligimiz kerak. Ularda mahoratli futbolchilar talaygina. 0:2 yutqaza turib, jangovar durang qayd etdik. O'ylashimcha, biz ochkoga ega bo'ldik, "Paxtakor" esa 3 ochko yo'qotdi.


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика