Ulug'bek Baqoev: "Engil shokdaman“
07 mar 2020 21:56
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Engil shokdaman“
Keskin kurashlarga boy tarzda yakunlangan bahsdan so'ng jizzaxliklar murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi
“To'g'risini aytsam, engil shokdaman. Birinchi turdagi mag'lubiyatdan so'ng g'alaba uchun harakat qilgandik. Qiyin o'yin o'tkazdik. Gol urdik, hammasi yaxshi bo'ldi. Ammo, oxirgi daqiqalardagi xato qimmatga tushdi. Yigitlarni olqishlamoqchiman, kurash va ishtiyoq uchun. Ishlashda davom etamiz.
Sahob Rashidovni asosiy tarkibda sinab ko'rish vaqti keldimi? Albatta, yoshlar bilan shug'ullanamiz, ishlaymiz. Faqat, Sahob emas, boshqa futbolchilarga ham etibor beramiz. U gol urayotgani quvonarli. Keyingi o'yinlarda imkoniyat beramiz.
Dastlabki turdagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama muammo bo'lyapti. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi”,- dedi Baqoev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar