So’nggi yangiliklar

20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  12 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  12 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6

Ulug'bek Baqoev: "Dinamo"ning ustunligi tezkor qarshi hujumlar va qanot bo'ylab o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Dinamo"ning ustunligi tezkor qarshi hujumlar va qanot bo'ylab o'yin bo'ldi"

Dinamo - Buxoro (3:1) uchrashuvidan keyin dastlab Buxoro klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Baqoev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Ulug'bek aka, avvalo bo'lib o'tgan o'yinga to'xtalsangiz…

- Avvalo Samarqand jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, menimcha ular bugun g'alaba qozonishni ko'proq istadilar. O'yinda shunday vaziyatlar bo'ldiki, biz ulardan foydalana bilmadik, raqiblarimiz esa imkoniyatdan foydalanib qolishdi. Futbol xatolar va vaziyatlardan foydalanishdan iborat. Bu borada esa Dinamo vaziyatlarni golga aylantira oldi. Raqiblarni tabriklayman.

- SHohruh Gadoevning birinchi bo'limdayoq almashtirganingiz nima bilan bog'liq – jarohat oldimi yoki o'yinidan qoniqmadingizmi?


- Futbolda bo'ladigan holat bu, gohida futbolchining o'yini chiqadi, gohida esa yo'q. SHu bois, murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib, uni maydondan oldik va o'rniga boshqa futbolchi tushdi. Bu jarohat bilan bog'liq emas.


- O'yindan oldin Dinamo jamoasini o'rganib chiqqan bo'lishingiz kerak, bu borada nimalarni amalga oshira oldingiz, nimalarni esa yo'q?

- Albatta, Dinamoni o'rganib chiqqan edik. CHindan ham bu jamoa hujumdan himoyaga juda tez va tartibli qayta oladi, qarshi hujumga ham juda tez o'tadi. Bugun Dinamoning ustunligi tezkor qarshi hujumlar va qanot bo'ylab o'yin bo'ldi. Bu borada esa biz aksariyat vaziyatlarda raqibni to'xtata olmadik.

- O'yin davomida hakamga ko'p etiroz bildirdingiz. Bu shunchaki reakciyangiz edimi yoki chindan ham hakamlar xato qildi deb hisoblaysizmi?


- Futbol azartga boy sport turi. Futbolchi uchun ham, murabbiy uchun ham. O'sha vaziyatlarda men hakamlarning qaysidir qarori uchun etiroz bildirganim yo'q, men faqat o'z futbolchilarim harakatlariga etibor qaratgandim. Hakamlar harakatini baholash esa mening vazifamga kirmaydi. Ularning nazoratchilari bor. O'yin davomida hakamlarga etiroz bildirganim yo'q.

- Buxoro jamoasida barqarorlik ko'rinmayapti. Bazan kuchli raqiblarni mag'lub etadi, bazan esa kuchsiz jamoalarga mag'lub bo'ladi. Bu nima bilan bog'liq?


- Futbol xatolar va vaziyatlardan iborat. Bunda aniq bir sabab yo'q. Vaziyatlardan foydalansak g'alaba qozonamiz, foydalana olmasak raqib g'alaba qozonadi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика