Ulug'bek Baqoev: "CHiroyli o'yin bo'ldi"
08 apr 2021 22:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629959_original.jpg)
![](/upload/storage/629959_220.jpg)
Ulug'bek Baqoev: "CHiroyli o'yin bo'ldi"
- Nazarimda bugungi uchrashuv barchaga birdek manzur bo'ldi. CHiroyli o'yin guvohiga aylandik. Mezbonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'lgan bo'lsak-da, foydalana olmadik. Aksincha, gol o'tkazib yubordik. Bu – futbol! Bir ochko ham ochko.
Lekin «Bunyodkor»ga ham bizga ham bu ochko kerak emasdi. Bahs muxlislar uchun ataldi. Yigitlarga bugungi o'yinda borlarini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman.
"Bunyodkor" o'z uyida o'ynadi. Tabiiyki, g'alaba uchun to'p surishi, hujum uyushtirishi, gol urish uchun barcha imkoniyatni ishga solishi, tavakkal qilishi oldindan malum edi. SHunday bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda ham bizda gol urish uchun 3-4ta vaziyat bo'ldi. Biz yutishni istagandik, ammo rejamiz amalga oshmadi, - dedi Baqoev
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar