So’nggi yangiliklar

12:24Бугунги тақвим: Суперлигада янги мавсуми қуръаси, футзал бўйича Осиё Кубогида "Марказий Осиё дербиси", ЧЛда охирги тур ва бошқалар  0 12:07Пол Скоулз: "Арсенал" АПЛ тарихидаги энг ёмон чемпион бўлиши мумкин"  3 11:42"Бавария" Упамеканони олиб қолиш учун 20 миллион евро бонус таклиф қилмоқда  0 11:2830 январь - ЎФА конгресси ва тақдирлаш маросими  1 10:17Терма жамоаларнинг қишки йиғини: олдинга қадамми ёки орқага?  13 09:46Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди  9 09:18Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда  3 08:39Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  80 08:15Анталия–2026: "Локомотив"нинг назорат учрашувларидаги рақиблари маълум  0 07:51Бугун Суперлигага қуръа ташланади  13 02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  4 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  1 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1

Ulug'bek Bakaev: "Maqsadimiz - Superligada jon saqlab qolish" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Maqsadimiz - Superligada jon saqlab qolish"

"Buxoro" - "Qizilqum" o'yinidan (1:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ulug'bek Bakaev: "Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng jamoa tushkun ruhiy holatda edi. So'nggi ikki bahsda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandik. Bugungi uchrashuv uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ushbu o'yin avvalgilaridek chiroyli bo'lmasada, g'alabaga erishdik. 3 kun avval Kubok bahsida ishtirok etdik, jismoniy holat bo'yicha raqib ustunroq edi. Bo'shashganimiz yo'q. Maqsadimiz - Superligada jon saqlab qolish".

- Stanisavlevich va Xolto'raevlarni almashtirdingiz...

- Yaqindagina Kubok o'yinida ishtirok etdik, Stanisavlevichning jismoniy holatida muammo bo'lgani uchun uning o'rniga Xumoyunni tushirdik va to'g'ri qilibmiz. Bu taktik o'zgartirish edi.

- Bugungi bahsda ishtirok etgan yigitlaringizga necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Hozir baho qo'yish... Bugun natija muhim. CHunki jamoa tushkun holatda, so'nggi ikki bahsning so'nggi daqiqalarida gol qo'yib yuborgandi. Bugun darvozamizni "quruq" saqlab, g'alaba qozonishni maqsad qilgadik. Vazifa uddalandi.

- Ikich haqida fikringiz?

- Yuqori darajali futbolchiligi ko'rinib turibdi. Jamoa nolga o'ynadimi, demak u yaxshi harakat qildi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика