Uli Xeness: “Manjukich avvalgidek bizga kerak”
27 jan 2014 10:52
Yangiliklar


Uli Xeness: “Manjukich avvalgidek bizga kerak”
Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Uli Xeness jamoaning xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukichni kamida mavsum oxirigacha sotmasligini takidladi.
Eslatib o'tamiz, Mario menxengladbaxning “Borussiya” klubiga qarshi kechadigan o'yinda boshlang'ich tarkibga kiritilmagan.
“Marioni so'nggi paytlarda jamoaning mashg'ulotlariga to'liq qatnashmayotganini yaxshi bilaman va aynan shuning uchun u boshlang'ich tarkibga tushirilmagan. Fikrimcha, u bundan to'g'ri xulosa chiqarib mashg'ulotlarni ko'ngildagidek kirishadi. CHunki u bizga avvalgidek juda kerak. Oldinda bizni ko'plab o'yinlar kutib turibdi va ularni Mariosiz o'tkazish esa qiyin bo'ladi”, - Xenessning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Fikrlar