So’nggi yangiliklar

10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  7 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  2 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  7 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  4

Ularni sog'inyapmiz. Faoliyatini tugatgan besh golland Yangiliklar

Ularni sog'inyapmiz. Faoliyatini tugatgan besh golland

XX asr oxiri va XXI boshida futbol muxlislari qalbidan o'rin olgan besh nafar gollandiyalik futbolchini yodga olamiz.

Edgar Davids

Pitbul, yirtqich, ko'zoynakli bezori… Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisini barcha birinchi navbatda noodatiy tashqi ko'rinishi orqali yaxshi taniydi. Davids FIFA tomonidan maxsus xafvsiz ko'zoynaklarni taqish uchun ruxsat olgan kam sonli futbolchilardan biri. Edgarning  ko'zlarida muammo bo'lgani uchungina shunday qilgan. Aynan ko'zoynak gollandiyalik futbolchini futbol tarixidagi eng mashhur tashqi ko'rinishga ega bo'lgan insonga aylantirdi. Davids hujumga o'tishni yaxshi ko'radigan, himoyaga ixtisoslashgan tayanch yarim himoyachi edi. Edgarni ideal tayanch yarim himoyachi deb aytib bo'lmaydi. U ko'p bor xatolar qilganini barcha ko'rgan. Ammo o'yindagi hissiyotlar, kurashlarga kirishimliligi tufayli raqiblar undan qo'riqishardi.



Ruud van Nistelroy

Oxirgi 20 yillikning eng yaxshi to'purarlaridan biri. Daraxtga o'xshab ketadigan hujumchi raqib jarima maydoni ichida haqiqiy qirol edi, u yaqin masofadan va kutilmagan gollar urishni yaxshi ko'rardi. U yo'q joydan gol urib ketardi. Agar zarba darvozabondan, ustundan yoki himoyachidan qaytsa to'p to'g'ri Ruudning oyog'iga tushishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. U o'ng oyoqda ham, chap oyoqda ham, bosh bilan ham gol ura olar edi. Jussasi juda katta bo'lgan van Nistelroyning texnikasi ham bor edi. Ha, u dribling borasida juda ham maqtana olmasdi, biroq to'pni qabul qilish, himoyachini aldash uning uchun hech qanday muammo emasdi. Bularning barini oddiy va jo'n tarzda amalga oshirardi.



Patrik Klyuyvert

Bo'yi uzun bo'lsa ham chayir, harakatchan va engilgina hujumchi. Maydonda Patrik doim chiroyli gol urardi. Klyuyvertning deyarli barcha gollari bu kichik (yoki u qadar ham kichik bo'lmagan) shedevr edi. Original texnika, dribling, ikkala oyoqda bir xil zarba bera olish, ikkinchi qavatdagi ajoyib o'yin, bu gollandni 1990-2000 yillarda darvozabonlar uchun haqiqiy bosh og'riqqa aylantirgan edi.



Mark Overmars

Qanot yarim himoyachisi yoki hujumchisi sifatida o'ynardi. Uni haqiqiy vinger deb atasa bo'ladi: tezkor, portlovchi, ajoyib pasga ega va kuchli zarbaga ega edi. Overmars ko'pincha chap qanotda o'ynardi. Uning noodatiy harakatlari barchani hayron qoldirardi. To'pni qabul qilgan Mark u bilan nima qilishini deyarli hech kim taxmin qila olmasdi. Bazida u tezkor harakat bilan olg'a intilardi, bazida yo'nalishni darhol o'zgartirardi, bazida markazga o'tib kuchli zarba berardi.



Edvin van der Sar

Golland futbolining eng kuchli darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Deyarli 2 metr bo'yga ega bo'lgan posbon darvozani munosib tarzda himoya qilardi. Agar Edvinning o'yini chiqsa darvozasi tomon uchayotgan deyarli barcha to'plarni ushlab olar edi. Fantastik bosiqligi bilan ajralib turadigan darvozabonga (bosiq xarakteri va kattagina quloqlari tufayli) muz quyoncha deb laqab qo'yishgandi.

Edvinni bemalol ikki davr futbolchisi deb atash mumkin. U Ayaks safidagi ajoyib o'yinlardan so'ng faoliyatida biroz pasayish yuzaga keldi. Yuventus va Fulxemdagi faoliyatdan so'ng 34 yoshida Manchester Yunaytedga o'tgan van der Sar 39 yoshda Evropaning eng kuchli darvozaboni bo'lgan va 2008/2009 yilgi mavsumda UEFA tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlangan edi.


Bizningcha ushbu ro'yxatdan Dennis Bergkamp, Jovanni van Bronxorst, Klarens Zeedorf, Yap Stam, Filipp Koku kabi futbolchilar ham o'rin olishga loyiq edi.


Xorij saytlaridan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика