So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  2 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  7 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Ular Olimpiadaga boradilar - Ekatirina Voronina! Yangiliklar

Ular Olimpiadaga boradilar - Ekatirina Voronina!

Olamsport.com sayti shu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarni tanishtirishni davom ettiradi.

Bugungi qahramonimiz engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ekaterina Voronina. U 1992 yili Toshkent shahrida tug'ilgan. O'n bir yoshidan tajribali murabbiy Elena Svechnikovadan engil atletika sirlarini o'rganib kelyapti. Navbati bilan tuman, shahar va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda toblanib, mahoratini oshirib borgan atletimiz xalqaro maydondagi ilk sovriniga 2007 yili Belarusning Brest shahri mezbonlik qilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi birinchi Evroosiyo sport o'yinlarida erishgan. U nayzani 40 metru 86 santimetrga uloqtirib, kumush medalni qo'lga kiritgan.

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ekaterina 2013 yilda Buxoroda bo'lib o'tgan Universiada musobaqasining balandlikka sakrash bahslarida oltin medalga sazovor bo'ldi. “Kichik Olimpiada” deya etirof etilgan Universiada musobaqalarida mahoratini oshirgan Ekaterina o'sha yili Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatining ettikurash bahslarida 5599 ochko bilan kumush medal bilan taqdirlandi.

2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan 17-Yozgi Osiyo o'yinlarining ettikurash bellashuvlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Voronina 5912 ochko jamg'arib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Engil atletikada bizga medal olib kelishi kutilayotgan sportchi haqidagi boshqa malumotlarni >>> olamsport.com saytida o'qishingiz mumkin!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика