Ukraina Evro-2020 da 10 ta gol o'tkazdi...

4 iyul 2021, 09:49
Ukraina terma jamoasi Evro-2020 chorak finalida Angliyaga (0:4) imkoniyatni boy berdi.

Andrey Shevchenko jamoasi turnir davomida o'z darvozasidan 10 ta - Angliyadan 4 ta, Niderlandiyadan 3 ta, Shvetsiya, Shimoliy Makedoniya va Avstriyadan bittadan gol o'tkazib yubordi.

Musobaqalar tarixida 2000 yilgi Yevropa chempionatida Yugoslaviya terma jamoasi ukrainaliklardan ham ko'proq 13 marta to'pni maydon markazidan boshlashga majbur bo'lgan.

Ukraina terma jamoasi darvozasini turnir davomida “Dinamo” (Kiev) Georgiy Bushan himoya qildi.


Manba: Opta Sports