Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ga qaytadi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 17:10
"Everton" hujumchisi Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ga qaytadi.

"Manchester Evening News"ning ma'lum qilishicha, faoliyatini yakunlaganidan keyin futbolchi klub vakiliga aylanadi. Ueyn MYUning elchilaridan biri bo'ladi. Manbaning keltirishicha, bunday kelishuv 2014 yildayoq tuzilgan.

Tomonlar o'zaro jentlmenlarcha kelishishgan. Hozir MYU elchilari orasida Aleks Fergyuson, Brayan Robson va Dennis Lou kabi mashxur nomlar bor.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Manchester Evening News