UEFA Nosir G'anim Al Helayfi va Leonardoga nisbatan intizomiy ish ochdi
10 mar 2022 23:22
Yangiliklar
UEFA Nosir G'anim Al Helayfi va Leonardoga nisbatan intizomiy ish ochdi
PSJ ECHL 1/8 finalining javob bahsida "Real Madrid"ga (3:1) mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandi.
O'yindan so'ng PSJ prezidenti Nosir G'anim Al Helayfi jazavaga tushib, hakamlar xonasiga bostirib kirishga uringan. Al Helayfi yon hakamlaridan birining bayroqchasini ham sindirgan. O'yin bosh hakami ushbu harakatlarni o'z qaydnomasida rasman qayd etgan.
Bugun UEFA tashkiloti ushbu holat bo'yicha, Nosir G'anim Al Helayfi va Leonardoga nisbatan intizomiy ish ochdi. PSJ prezidenti va sport direktori tez orada jazolanishi mumkin.
SHuni takidlash joizki, parijliklar nazdida "Real Madrid"ning birinchi golida Donnarummaga nisbatan qo'pollik ishlatilgan.
Fikrlar