UEFA evrokuboklarda qatnashgan APL jamoalarini jarimaga tortdi
01 apr 2020 00:37
Yangiliklar


UEFA evrokuboklarda qatnashgan APL jamoalarini jarimaga tortdi
ECHL 1/8 finali doirasida reglamentni buzgani uchun "Manchester Siti" jarimaga tortildi.
Bu haqida "Manchester Evening News" o'z saytida malumot berdi. Unga ko'ra, "Real" bilan o'yinda "Manchester Siti" kiygan libosda bir homiy logosi belgilangan hududdan yuqoriroqqa yopishtirilgan. Klub oldin ham shu formada o'ynagan va bu borada ogohlantirish olgandi. Bu safar UEFA klubni 3000 evro jarimaga tortdi.
SHuningdek, UEFA yana bir qator klublarni ham jazoladi. "Liverpul" muxlislari tribunada feyerverklardan foydalangani uchun 3250 evro, "Tottenxem" va "Vulverxempton" klublari esa stadionga kech etib kelgani uchun 20 ming va 10 ming evrodan jarimaga tortildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar