So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  1 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Uddalab bo'lmas "missiya" Yangiliklar

Uddalab bo'lmas "missiya"

Evrofutbolning yana bir mavsumi nihoyalab boryapti.

"Jo'jani sanash" vaqti kelgan top-ligalarda musobaqada qolish, sovrinli o'rinlar va xalqaro maydon chiptalari uchun kurash tobora avj olyapti. Jumladan, A Seriyada ham. Italiya chempionatining yakuniga qadar 4 tur qoldi. Garchi chempion nomiga allaqachon oydinlik kiritilgan bo'lsa ham, kumush medalning o'zi uchun hamon 5 jamoa ("Napoli", "Atalanta", "Yuventus", "Milan", "Lacio") kurashni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, mavsum avvalida "kesakdan olov chiqargan" Stefano Piolining "rossonerilar"i 2-davraga kelib "puf etib o'chib qoldi". Yil boshida Milan osmonidagi bulutlar tarqagani, "qizil-qoralar" nihoyat "Yuventus"ning Apennin yarim orolidagi gegemonligiga barham berishi taxmin qilinayotgan edi. Biroq, ayni paytga kelib oydinlashdiki, bulutlar shaharning faqat ko'k tomonini tark etgan ekan. Qizil tomon esa osmon musaffolashishini yana bir muncha kutishga majbur bo'lyapti.

Ancha muddat A Seriya karvoniga boshchilik qilgan "rossonerilar" ayni daqiqada turnir jadvalida 5-bo'lib turishibdi. "Milan" qolgan 4 turda 100% lik natija qayd eta olsa, mavsumni 2-o'rinda; ularning birida qoqilsa, 6-o'rinda yakunlashi mumkin. Raqiblar esa ancha jiddiy: "Yuventus", "Torino", "Kalyari" va "Atalanta".

Bir paytlar Evropa maydonlarini titratgan "Milan" 2013 yildan CHempionlar Ligasiga chiqish vazifasini uddalay bilmayapti. Pioliga qadar bunga 7 nafar murabbiy harakat qilib ko'rdi (Zeedorf, Inzagi, Mixaylovich, Brokki, Montella, Gattuzo, Jampaolo), ammo bu vazifa hamon uddalanmadi. "Rossonerilar" "uddalanmadi" felidagi bo'lishsizlik shaklini olib tashlashni istasa, 1-navbatda bugun Andrea Pirloning "Yuve"sini tor-mor etishi kerak. Biroq...

... Stefano Piolining "Yuventus"ga qarshi o'z hikoyasi bor. Bu hikoyada eng ko'p ishlatilgan so'z esa yuqorida aytganimiz — uddalanmadi. Turinliklar qarshisida uning tizzalariga qaltiroq kiradi. Italiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "keksa sinora" bilan 22 bor to'qnash kelgan va ularning faqat 1 tasida g'alaba qozongan. SHu tufayli Pioli bugun "Missiya nevypolnima" filmida Tom Kruz jonlantirgan qahramonga aylanib, "missiya"ni uddalashi kerak. Aks holda, "qizil-qoralar" kelasi mavsumni ham ECHLsiz o'tkazib yuborishadi.

Juventus

Serie A . 35-tur

10/05/2021, 00:45

3
:
0
Tugadi

AC Milan

Brahim Diaz - 45', Ante Rebic - 78', Fikayo Tomori - 82'

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paolo Valeri

45'
90'
53'  Federico Chiesa
57'  Giorgio Chiellini
67'  Rodrigo Bentancur (Dejan Kulusevski)
79'  Federico Chiesa (Paulo Dybala)
45'  Brahim Diaz
58'  Franck Kessie
59'  Brahim Diaz
66'  Zlatan Ibrahimovic (Ante Rebic)
70'  Brahim Diaz (Rade Krunic)
76'  Alexis Saelemaekers
78'  Ante Rebic
78'  Ismael Bennacer
82'  Ismael Bennacer (Soualiho Meite)
82'  Alexis Saelemaekers (Diogo Dalot)
82'  Fikayo Tomori
82'  Hakan Calhanoglu

Muallifning boshqa maqolalarini o'qish

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика