So’nggi yangiliklar

09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 08:32Кечаги Суперкубогнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  2 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  28 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  4 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  4 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1

Uchinchi raunddagi raqiblarimiz kimlar? Yangiliklar

Uchinchi raunddagi raqiblarimiz kimlar?

12 aprel kuni Kuala Lumpurda o'tkazilgan quradan keyin jahon chempionati yo'lida uchinchi raunddagi raqiblarimiz nomini bilib oldik.

Endi ushbu jamoalar bilan o'zaro o'yinlarimizda mundialga borish-bormasligimiz hal bo'ladi. Xo'sh, raqiblarimiz terma jamoasi, mamlakat chempionati, bosh murabbiyi va futbolchilari qanday salohiyatga ega? Maqolamizda aynan shu jihatlarga to'xtalib o'tamiz.


JANUBIY KOREYA
Koreya Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Koreyslar qita chempionatida finalgacha etib borishdi,  so'nggi mundiallarni o'tkazib yuborishmayapti. Aksariyat o'yinchilari Evropa mamlakatlari, Yaponiya, Xitoy, BAA va Qatarda to'p tepishadi. Terma jamoa tarkibi to'lig'icha xorijda o'ynaydigan futbolchilardan tashkil topishi mumkin. “Xoffenxaym”da Kim Jin Su, “Suonsi”da Ki Sun Yun, “Kristal Pelas”da Li CHun Yong, “Portu”da Suk Xyun Jin, “Tottenxem”da Son Xyon Min muvaffaqiyatli o'ynab kelmoqda. Etakchilar sifatida bemalol Jun Sun Ryong, Kvak Tae Xvi, Kim Yong Gvon, Xon Jyong Xo, Park Ju Xo, Kim Jin Su, Ki Sun Yun, Li CHun Yong, Ku Ja CHol, Suk Xyun Jin, Son Xyon Min, Ji Don Von kabi futbolchilarni etirof etsak bo'ladi.

Koreya yozdagi FIFA kunlarida Ispaniya va CHexiya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bunday kuchli raqiblarga qarshi o'ynash jamoani yaxshi saviyada ushlab turishga xizmat qilishi tabiiy.

Bosh murabbiy germaniyalik Ulrix SHtilike bo'lib, u 61 yoshga to'lgan. Futbolchilik faoliyatini “Borussiya” Myunxengladbax, “Real” Madrid va “Ksamaks” klublarida o'tkazgan SHtilike Germaniya va Ispaniya chempioni, UEFA Kubogi sohibi, Evropa chempioni va jahon vice-chempioniga aylangan. O'zi o'ynagan jamoalarda doim asosiy tarkibda o'ynagan. Murabbiylik faoliyatida SHveycariya terma jamoasi, “Ksamaks”, “Mannxeym”, “Almeriya”, Germaniya terma jamoasida yordamchi, Germaniya U19, U20, U21 terma jamoalari, Kotd Ivuar terma jamoasi, “Son”, “Al Arabi”, “Al Sailiya” jamoalarida ish yuritgan. 2014 yildan Janubiy Koreya termasini boshqarib kelmoqda. Hozircha u oldiga qo'yilgan vazifani ijobiy uddalab kelmoqda.

Milliy chempionat “K” ligada 12 jamoa ishtirok etadi. Ikki davradan keyin  turnir ch jadvalidagi egallagan o'rinlariga qarab, yuqori va quyi oltilik alohida guruhda kurashni davom ettiradi. Mavsum mart oyida boshlanib, noyabrda yakuniga etadi.

SHtilike matbuotga bergan intervyusida guruhda barchasining imkoniyati tengligi, jamoasi oldiga jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganini takidlab o'tdi.


ERON
Forslar bilan ham oxirgi jahon chempionati saralash bosqichida to'qnash kelgandik. SHuningdek, o'tgan yili Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvida o'ynadik. Avvallari bu jamoa bizda qo'rquv uyg'otardi. Hozirga kelib ularni engish mumkinligini tushunib etganmiz. Osiyo Kubogida Eron chorak finalda turnirni tark etgandi. Mundial saralashida ro'y bergan voqealarni esa hozircha hech kim esdan chiqarmagan bo'lsa kerak.

Eron safida bir necha yillar ilgari Evropa chempionatlarida to'p tepadigan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilardi. Hozir asosan Rossiya va Osiyo davlatlarida o'ynab kelishyapti. “Frankfurt”da Ehson Hojsafi, NAKda Alirizo Jahonbaxsh, “CHarlton”dagi Rizo G'uchannajod, “Rostov”da Sardor Azmun va “Persepolis”da Mehdi Taremi, shuningdek, Qatarda o'ynayotgan Ashkan Dejaga forslar termasi etakchilari sifatida qayd etilmoqda. Ayniqsa, hujum chizig'ida o'ynayotgan Azmun va Taremi juftligi istalgan jamoa himoyasiga katta muammo tug'dirish imkoniyatiga ega. Ularning mahorat va tajribasi borgan sari ortmoqda. SHu bilan birga jamoa asosan jismoniy o'yinga etibor qaratadi.

Yozda Eron Makedoniya bilan o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Karlos Keyrush oxirgi paytlarda Eron FF bilan tuzgan shartnomasini bekor qilish niyatida ekanini bildirmoqda. CHunki unga etarli sharoitlar, o'rtoqlik o'yinlari uchun kuchli raqiblar taqdim etilmayapti. Yaqin haftalar ichida Keyrush masalasi hal etiladi. U faoliyatini Jazoirda davom ettirishi ham mumkin.

Keyrush murabbiylik faoliyatida Portugaliya U20, Portugaliya, “Sporting”, “Nyu York Metro Starz”, “Nagoya Grampus Eyt”, BAA, JAR, “Manchester Yunayted”, “Real” Madrid, Portugaliya terma jamoalarini boshqargan. Eronda 2011 yildan beri ishlab kelyapti. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan bo'lishiga qaramay, portugaliyalik mutaxassis terma jamoani jahon chempionatiga olib bordi. U guruhda Koreya favorit ekanini aytib, Xitoy va Qatar ham jiddiy muammo tug'dirishi to'g'risida fikr bildirgan.

Eron chempionati avgustda boshlanib, mayda yakunlanadi. Ayni paytda Aleksandr Lobanov Eron ligasi peshqadami “Persepolis” sharafini himoya qilmoqda. Ligada 16 jamoa ikki davrali tizimda bahs olib boradi.


QATAR
Qatar bilan deyarli har bir musobaqa saralash bosqichlarida to'qnash kelyapmiz. Bu jamoani biz va bizni bu jamoa juda yaxshi biladi. Sardor Rashidov sababli “Yulduzlar” ligasini ham kuzatib kelyapmiz. Bu mamlakatda futbolni rivojlantirish uchun katta xarajatlar qilinmoqda. Evropadan ko'zga ko'ringan murabbiy va futbolchilar mahalliy o'yinchilar mahoratini o'stirish uchun taklif etilmoqda. Hozir ko'proq ispan futboli va shunga yaqin uslubda terma jamoalar o'yin uslubi shakllantirilmoqda.

Terma jamoaga nomzodlarning deyarli barchasi mahalliy chempionatda o'ynashadi. CHunki klublar moliyaviy jihatdan katta imkoniyatga ega. Jamoa etakchilari sifatida Muhammad Kasola, Bualim Xuxi, Hassan Haydos, Karim Budiaf, Akram Afif, Sebastyan Kuintana, Muhammad Muntari, Xalfan Ibrohimni ko'rsatish mumkin. Biroq Xalfan o'tgan yilning martidan buyon terma jamoaga taklif etilgani yo'q.

Yozda Qatarning o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida hozircha malumot yo'q. Urugvaylik Xose Karreno jamoa boshqaruvini qo'lga olgach, natijalar ijobiy tomonga o'zgardi. Xitoy bilan bir guruhda qatnashgan Qatar peshqadamlikka erishdi. Karreno futbolchilik faoliyatini “Montevideo Uonderers”, “Lans” va “Nasional” klublarida o'tkazgan. Murabbiylik ishida esa “Montevideo Uonderers”, “Nasional”, LDU “Kito”, “Deportivo Kali”, “Palestino”, “Al Nassr” va “Al Arabi” jamoalarini boshqargan. Qatar terma jamoasida 2015 yildan beri ishlayapti. Hozircha oldiga qo'yilgan birinchi vazifani uddalab, “Annabi”ni uchinchi bosqichga olib chiqdi.

“Yulduzlar” ligasi sentyabrda boshlanib, mayda tugaydi. 14 jamoa ikki davrali tizimda chempionatda ishtirok etadi. Joriy mavsum “Al Rayyan” oltin medallarga bir necha tur oldin ega chiqib bo'ldi.


XITOY
Xitoy futboli haqida shu yilning qish faslidan beri eng rivojlangan davlatlarda ham ko'p bor to'xtalib o'tildi. Klublar amalga oshirgan transferlar va jalb qilingan yulduzlar barchaning havasini keltirdi. Hozir mamlakatda futbol muhiti yuzaga keltirilgan. Kompaniyalarga jamoalarni qo'llab-quvvatlashi uchun qulaylik taqdim etilgan. Buning qachongacha davom etishini taxmin qilish qiyin. Jahonda inqiroz yuzaga kelgan paytda ham katta kompaniyalar bemalol 1,4 milliardlik ichki istemolchilar evaziga o'z holatlarini ko'ngildagidek saqlab turishlari mumkin. Braziliya terma jamoasida o'ynayotgan futbolchilarning Xitoyga tashrifi hozirgi vaziyatni izohlab turibdi.

Terma jamoa uchinchi raundga chiqish masalasini katta qiyinchilik bilan hal qildi. Yozda Andorra terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish mo'ljallangan.
Terma jamoaga nomzodlar xuddi Qatarda bo'lganidek mahalliy chempionatda o'ynashadi. Du Vey, Jan Linpeng, YU Xay, Xuang Boven, Gao Lin, Yang Syuy kabi futbolchilar jamoa etakchilari hisoblanadi. Franciyalik Alen Perren istefoga chiqarilib, uning o'rnini Gao Xongbo egalladi. Futbolchilik faoliyatini Xitoy klublarida o'tkazgan Xongbo “Guanchjou Songri”, Xitoy U-17, “SHiamen Xongshi”, “CHanchun Yatay”, “Guiju Rene”, “SHanxay SIPG”, “Jiangsu Seynti” klublarida ishlagan. Terma jamoani 2009-2011 yillarda ham  boshqargan. O'tgan yili esa Gollandiyaning “ADO Den Xaag” jamoasida yordamchi bo'lib ishladi. 2016 yildan yana terma jamoani boshqarishga taklif qilindi.

Superliga martda boshlanadi va noyabrda yakuniga etadi. Joriy mavsumda chempionat o'yinlariga o'rtacha 28 mingdan ortiqroq ishqiboz tashrif buyurmoqda. Ushbu natija saqlanib qolsa, Xitoy chempionati muxlislar tashrifi borasida jahonda Germaniya va Angliyadan keyin 3-pog'onaga chiqib olishi mumkin. SHundan mamlakatda futbol qanchalik muhim ahamiyat kasb etayotganini bilsa bo'ladi.


SURIYA
Ushbu mamlakatda ro'y bergan voqealarni barcha afsus bilan kuzatib bormoqda. SHunday sharoitda terma jamoaning hal qiluvchi bosqichga chiqqanini faqat olqishlash mumkin. Qiyin holatda qolgan bo'lishiga qaramay, chempionat bahslari to'xtatilmagan. Ikki guruhda 10tadan jamoa Damashq va Latakiyada shaharlarida uchrashuvlar o'tkazmoqda. Ikki davrali tizimdan keyin har ikki guruhdan yuqori o'rinni egallagan 3tadan jamoa chempionlik masalasini hal qilishadi. Yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan suriyalik hakamlardan biri milliy chempionatda hakamlar tekinga ishlashayotganini takidladi. Futbolchilarning ham shunday jasorat ko'rsatayotganini aytishimiz mumkin.

Mamlakatda yaxshi saviyada o'ynab kelgan qator futbolchilar boshqa davlatlarga ko'chib ketishdi. Ammo terma jamoa ikkinchi bosqichda faqat Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi bosqichda Suriyaning bor kuchini ishga solishiga shubha yo'q. CHunki yo'qotadigan hech narsa yo'q. Yozda Suriya Vetnamga qarshi safarda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi hozircha bo'sh turibdi. Nomzodlar qidirish ishlari boshlab yuborilgan. Yaqinda Joze Mourinoga taklif bilan chiqilgani Suriya FF moliyaviy tarafdan jiddiy yordamga egaligini tasdiqladi.

Jamoada Musab Balhus, Mahmud Mavas, Umar Harbin va Sanharib Malki etakchilar sanaladi. Malki Turkiyada, Harbin BAA chempionatida yaxshi o'yinlar ko'rsatib kelmoqda.

Uchinchi bosqichda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Ushbu raundga qitamizning eng kuchli 12 jamoasi etib keldi. SHu sababli har bir bahs keskin, shiddatli va asabiy tarzda kechadi. Uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'rish orqali jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz. Umid qilamizki, bu safar ishqibozlarimizning orzusi amalga oshib, terma jamoamiz Rossiyadagi mundialga boradi.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика