Uchida Osiyo Kubogini o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2015, 11:50
Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Acuto Uchida tizzasidagi jarohati sababli Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida ishtirok eta olmaydi.
"Shalke-04" futbolchisi Yaponiya terma jamoasi tarkibida 70 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan.

U 2011 yilda Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo birinchiligida terma jamoasi safida chempionlikni tantana qilgan.

Uning o'rniga Avstraliyaga "Kashima" futbolchisi Naomichi Ueda borishi kutilmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia