So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

U dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin edi Yangiliklar

U dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin edi

Saytimizda avvalroq Benzemaning o'z darajasida etirof etilmasligi haqida maqola elon qilingandi. Bugun shundaylardan yana biri etiboringizga havola qilinadi.

Bilasizmi? Karim Benzema – jahon futbolining tirik afsonasi!

Tomas Myuller - nemis va jahon futbolidagi katta, ayni paytda o'xshashi yo'q, o'zgacha nom.

10 yillik faoliyati davomida 22 trofeyni qo'lga kiritdi va har doim o'z jamoasidagi eng yaxshilardan biri, balki, eng zo'ri bo'lib keldi.

1989 yilning 13 sentyabrida tug'ilgan.

Laqabi: "radio", "ayyor tulki".

Bo'yi: 186 sm.

Vazni: 75 kg.

Ampluasi: yarim himoyachi, hujumchi.

4 yoshida birinchi jamoasiga qabul qilindi. Mavsumdagi 190ta o'yinda 120 gol urgan 10 yoshli Tomas "Bavariya" skautlari diqqatini o'ziga qaratdi. Bu bolakay uchun professional futbol, kelajakdagi chempionliklari tomon yo'l ochdi. 

Van Galning kashfiyoti

Myunxen klubining bosh jamoasiga 2007 yilda (Feliks Magat tomonidan) jalb qilindi. Mashg'ulotlar jarayonida boshqalardan qandaydir ustun tomonlari ko'rinmaydigan Tomasning hamon aniq poziciyasi yo'q edi. O'rinborsarlar tarkibida hujumchi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida to'p tepa boshlagan futbolchining g'ayrioddiy qobilyatini 2009 yilda Lui van Gal sezdi va darhol "Bavariya"ning asosiy tarkib o'yinchisiga aylantirdi. Oldingi mavsumda jami 5 o'yin o'tkazgan Myuller Gollandiyalik mutaxassis qo'l ostidagi dastlabki mavsumda 52ta bahsda ishtirok etdi (19 gol, 16 asist).  

Lyovning yashirin quroli

Oldinda barchani JARdagi mundial kutardi. Mixael Balakning jarohatlanishi Myuller uchun "13" raqami ostida JCH sari yo'l ochdi. Hech kim kutmagan bir paytda Yoaxim Lyov Myullerdan ustalik bilan foydalandi, bu raqiblar uchun katta noqulayliklar keltirib chiqardi. CHempionat davomida Tomas bajargan vazifa haqida keyinroq so'z yuritamiz. Mundial yakunida esa bir yil muqaddam "Bavariya"ning o'rinbosarlar jamoasi safida o'ynab yurgan yigitcha to'purarga (Uesli Sneyder, David Vilya va Diego Forlan bilan birgalikda) aylandi. Odatda cho'qqiga osonlik bilan ko'tarilganlarning qulashi ham oson bo'ladi. Futbol bundaylarning qanchasini yutib yuborgan. Myullerning tarixi bunday yakunlamadi, u 2018 yilga qadar "Bundestim"ning maydondagi etakchisi vazifasini bajardi. Rossiyadagi mundial yakunida Yoaxim Lyov Jerom Boateng, Mats Hummels va Tomas Myullerning terma jamoadagi zarguzashtlari nihoyalaginini elon qildi. Tomas bu paytda atigi 28 yoshda edi.  

Quyida uning jahon JAR va Braziliyadagi jahon kuboklarida urgan gollarini tomosha qilishingiz mumkin:


"Bavariya"ning chinakam ramzi

Uning Myunxen klubidagi faoliyatiga birma-bir to'xtalib o'tish, faktlar bilan boshingizni og'ritish fikridan yiroqman. SHunchaki, o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashaman. U Myunxen klubining ramziga aylanishga ulgurdi. Sadoqati bilan, muhabbati bilan, mehnati bilan... SHu o'rinda fikrlar to'qnashuvi yuzaga kelishi tayin. Noyerni bu o'ringa loyiq ko'ruvchilar nisbatan ko'proq. To'g'ri, u o'z paytida dunyoning eng kuchli posboni sifatida klub muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shdi. Ammo aytish lozimki, Manuelning qonida bavar emas, gelzenkirxenliklar qoni oqadi. U "SHalke-04" tizimida 20 yil (1991-2011) yashagan, "Bavariya" uchun esa 9 yil o'ynashga ulgurdi, xolos. Tomas 2000 yildan buyon klub bilan birga. U "Bavariya" uchun rad etib bo'lmas takliflarni ham ko'zini chirt yumib rad qila oldi. 

Eslab ko'ring, 2015 yilning yozi. Tobora nurab borayotgan MYUni oyoqqa turg'azish maqsadida katta mablag'lar sarflanayotgan payt. "Qizil iblislar" rahbariyati "Bavariya" bosh ofisiga 120 mln evrolik taklif yubordi. 25 yoshli futbolchining o'ziga esa katta maosh taklif qilindi. Tomas Neymar emaski, "qo'shni olib bergan muzqaymoq evaziga o'z otasini turtkilaydigan". Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylanishi mumkin edi, ammo u qoldi.

Qadrlanmadi

Terma jamoa uchun maydonga tushgan 100ta o'yinida, 38 golga mualliflik qildi va barcha muvaffaqiyatlarga o'z hissasini qo'shdi. Oqibat - Lyov tomonidan "haydaldi". Uning ham Bastian SHvaynshtayger, Miroslav Kloze, Filipp Lam va Lukash Podolskilarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishga to'la haqqi bor edi.

Ayni damda Tomasninng hisobida "Bavariya" uchun 609 o'yin, 237 gol va 187ta golli uzatma bor. Bu borada jamoaning bugungi tarkibida eng tajribalisi hisoblanadi. Ammo Niko Kovach murabbiyligi davrida klub undan shunchaki voz kechib yuborishi mumkin edi. Nima uchun deysizmi? Rafiqasining (Liza Myuller) xorvatiyalik mutaxassis haqida aytgan fikrlaridan keyin!

Joy tanlashdagi ustamonligi va to'xtovsiz ochilishi tufayli "ayyor tulki" laqabini ham o'ziniki qilgan.

Myullerning ustun jihatlari haqida

Maydon tashqarisidagi vaysaqiligi tufayli "radio" laqabini olgan, xushchaqchaq va hazilkash Tomas o'yinga tushishi bilan tamomila o'zgaradi. To'xtovsiz ravishda to'pga ochiladi, tez fikrlaydi, imkoniyatlardan sovuqqonlik bilan foydalanadi. Uning minimal vaziyatlardan maksimal foyda chiqara olishi Yoaxim Lyov va "Bavariya" murabbiylariga katta qulaylik tug'diradi. Jumladan, JCH-2010 o'yinlari uchun elon qilingan qaydnomalarda Myullerdan o'ng qanot vingeri sifatida foydalanildi. Maydonda esa uni qo'riqlashning iloji topilmas edi. Markaziy himoyachilar etiborini Kloze chalg'itgan vaziyatda Tomas markaziy hujumchiga aylanadi, gol. 

Myuller o'yin vaqtida aqlni shoshirib qo'yadigan harakatlari bilan maqtanolmaydi, to'p ustida raqs tusholmaydi, lekin kerakli ishni o'z vaqtida bajaradi. Uning to'pga bitta teginishi hujumni keskinlashtirishi yoki gol bilan yakunlashi mumkin. "Bavariya" o'yinlarida Myullerni alohida kuzataman. Futbol bir kitob, Myuller uni yod olgandek tuyuladi.

2012 yil ECHL finalida "CHelsi" darvozasiga urilgal golni eslang. To'p sizga oshirildi, CHex darvozaning yaqin burchagini yopgan, siz unga nisbatan o'tkir burchak ostida turibsiz. Gol urish imkonsiz, o'ylashga vaqt yo'q. O'sha epizodda hamma jamodoshlariga to'p uzatadi yoki uni CHexga sovg'a qiladi. Tomas Myuller esa to'pni erga sapchitishi va bir necha santimetrlik bo'shliqni poylashi mumkin.

Bilasizmi, Braziliya (7:1) va "Barselona" (ikki o'yin natijasiga ko'ra, 7:0) qarshi daxshatli o'yinlarda hisobni Myuller ochgan va voqealar rivoji keskin burilib ketgan.

Maydondagi barcha ishni sodda harakatlar bilan amalga oshirgani uchun ko'p o'rinda etibordan chetda qoladi. Yuqoridagi fikrlarga shubha qilyapsizmi? Aytingchi, ayni paytda kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi asistent kim? Xayolingizga kim keldi?

Bu borada "Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne va Tomas Myuller 16tadan asist bilan peshqadam hisoblanishadi. Albatta, barcha sport jurnalistlari Kevinni ko'klarga ko'tarishadi, uni dahoga aylantirishadi, foydali ish koefficienti bo'yicha eng yaxshilar qatorida turishini takidlashadi, "Oltin to'p" ham berishadi. SHu o'rinda bir faktni keltirib o'tmoqchiman:

Kevin de Bryuyne 16ta asistni amalga oshirish uchun 25 uchrashuvda maydonga tushgan. Tomas Myuller uchun esa 18 ta o'yin ham kifoya, garchi shundan 7tasida zahiradan maydonga tushgan bo'lsa ham. 

Etibor qilsangiz, foydali ish koefficienti bo'yicha Tomas kimningdir oldida hech qachon uyalib qolmagan. SHunchaki, buni ko'pchilik etibordan qochiradi. 


Futbolchi haqida mutaxassislar qanday fikrda?

Afsonaviy Yoxan Kruifning fikricha, Myuller maydonda hamma ishni to'g'ri bajaradi va muvaffaqiyatsizlik ehtimoli mavjud har qanday harakatdan qochadi.

Yoaxim Lyovning so'zlariga ko'ra, uning favqulodda istedodi bor. Siz unga qarshi o'ynar ekansiz hech qachon keyingi harakatini to'g'ri topolmaysiz.

Lui van Gal: "Bunaqasi jahonda bitta. Uning eng katta yutug'i harakatlarining soddaligi va joy tanlashda adashmasligi".

Kloze esa uning JCHlardagi eng yaxshi to'purarga aylanishini taxmin qilgandi.  

Yuqoridagilarni yozishdan maqsad futbol faqat Neymar, Mbappe yoki Messidan iborat emasligini yana bir karra isbotlash edi. Fikrlarning barchasi o'ta shaxsiy.

Tugallanmagan maqolaning o'zgacha anonsi

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика