"U dangasaligi tufayli salohiyatini to'liq ochib berolmadi"
13 fev 2024 17:33
Yangiliklar
"U dangasaligi tufayli salohiyatini to'liq ochib berolmadi"
"CHelsi" va "Arsenal" klublari sobiq himoyachsi Vilyam Gallas rossiyalik Andrey Arshavinning "kanonirlar" safidagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Arshavin ulkan iqtidorga ega edi, ammo biroz dangasa ham edi. Angliya undan ko'proq narsa kutishgandi. Bu mashg'ulotlarga ham, bevosita o'yinlarga ham taalluqli. APL jismonan sizdan juda ko'p kuch talab qiladi: deyarli har uch kunda o'yin. Balki bu Arshavin to'liq kuchini ko'rsatishi uchun og'irlik qilgandir. CHunki Andrey mashg'ulotlarda 20-30 % kuchi bilan harakat qilardi, biroq bu ko'rsatkich hech bo'lmasa 70-80 % bo'lishi kerak, lekin Andrey bunga tayyor emasdi. Odamlar "Zenit"dagi Andreyni ko'rishni istashardi, lekin APL Rossiya chempionatidan biroz farq qiladi".
Fikrlar