U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston Qirg'izistonga boradi
29 may 12:34
Yangiliklar


U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston Qirg'izistonga boradi
Unga ko'ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qirg'iziston, Shri Lanka va Falastin bilan birga "E" guruhidan joy oldi. Bizning guruh o'yinlari Qirg'izistonda bo'lib o'tadi. 11 ta guruhda birinchi bo'lgan va 4 ta guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar final bosqichiga yo'llanma olishadi.
Quyida barcha guruhlar bilan tanishing. Birinchi yozilgan mamlakatlar o'sha guruh o'yinlarini o'zida qabul qilishadi.
"A" guruhi: Iordaniya, Butan, Xitoy Taypei, Turkmaniston.
"B" guruhi: Myanma, Afg'oniston, Kuvayt, Yaponiya.
"S" guruhi: Vetnam, Bangladesh, Singapur, Yaman.
"D" guruhi: Xitoy, Shimoliy Mariana orollari, Timor Leste, Avstraliya.
"E" guruhi: Qirg'iziston, Shri Lanka, Falastin, O'zbekiston.
"F" guruhi: Tailand, Mo'g'uliston, Livan, Malayziya.
"G" guruhi: Kambodja, Pokiston, O'mon, Iroq.
"H" guruhi: Qatar, Bruney, Hindiston, Bahrayn.
"I" guruhi: BAA, Guam, Gonkong, Eron.
"J" guruhi: Indoneziya, Makao, Laos, Koreya Respublikasi.
"K" guruhi: Tojikiston, Nepal, Filippin, Suriya.
Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo kubogi final bosqichi 2026 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Saralash o'yinlari esa 2025 yil 1-9 sentyabr o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar