U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Janubiy Koreya ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
25 dek 2019 16:54
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Janubiy Koreya ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Ushbu musobaqada kurash Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadi va kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. Biz bilan bir guruhda kurash olib boradigan Janubiy Koreya shu kunlarda Seulda mashg'ulot o'tkazyapti. Terma jamoa bosh murabbiyi Kim Xak Bum kecha musobaqada qatnashadigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi.
Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi shu haftaning shanba kuni mashg'ulotlarni davom ettirish maqsadida Malayziyaga yo'l oladi. Malayziyadagi yig'in chog'ida raqibimiz Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahs 31 dekabr, Avstraliya bilan o'yin esa 3 yanvarga belgilangan.
Janubiy Koreya olimpiyachilari U-23 Osiyo chempionatidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazishadi. O'zbekiston - Janubiy Koreya bellashuvi esa 15 yanvarda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar