U-23 Osiyo chempionatiga 18 kun qoldi, terma jamoamiz tayyorgarlikni davom ettirmoqda
21 dek 2019 15:05
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionatiga 18 kun qoldi, terma jamoamiz tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Yana 18 kundan so'ng Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hozirda mazkur musobaqaga hozirlikni davom ettirmoqda. Futbolchilarimiz BAA yig'ini doirasida kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib borishmoqda. Kunning birinchi yarmida asosan taktik mashqlar bajarilayotgan bo'lsa, ikkinchi qismida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash bo'yicha ish olib borilmoqda.
Ertaga esa terma jamoamiz Iroq olimpiya termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Quyida bugungi mashg'ulotlardan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 8

Fikrlar