So’nggi yangiliklar

00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  1 00:00АПЛ. "Арсенал" — "Челси" (онлайн ҳисоб)  6 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  149 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  25 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  16 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  4

Xayr Olimpiada, xayr Tokio Yangiliklar

Xayr Olimpiada, xayr Tokio

U-23 Osiyo chempionati 3-o'rin uchun Avstraliya - O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

U-23 Osiyo chempionati
Uchinchi o'rin uchun bahs
Avstraliya - O'zbekiston 1:0

Gol: Nikolas D'Agostino (47)

CHetlatish: Oybek Bozorov (59)

25 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 17:30 (Toshkenti vaqti)
Hakamlar:
Muhammad Abdulla Hassan Muhammad, Muhammad Ahmad Abdulla Al Hammadi, Hasan Muhammad Hasan Abdulla Al Mahri (uchalasi BAA), Sivakorn Pu Udom (Tailand).
VAR hakamlari: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali (BAA), Hamis Muhammad Al Marri (BAA).

Avstraliya U-23: 1.Tomas Glover, 3.Aleks Gersbax, 4.Dilan Rayan, 6.Tass Mordoukoutas, 7.Rami Najjarine, 8.Zak Dankan, 11.Reno Piskopo, 14.Tomas Deng, 15.Nikolas D'Agostino, 17.Kianu Bakkus, 19.Daniel Bouman.
Zaxira: 12.Jordan Xolmes, 18.Daniel Margush, 2.Gabriel Kleur, 9.Alhassan Ture, 10.Denis Generau, 13.Aiden O'Neyl, 16.Trent Buxagiar, 20.Konnor O'Til, 21.Yakob Italiano, 22.Ben Folami, 23.Konnor Metkalfe.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 8.Nurillo To'xtasinov, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, .
Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.


O'YIN YAKUNLANDI

90+3. Raqib posboni Tomas Glover o'yinni cho'zgani uchun sariq kartochka oldi.

90+3. Aliqulov noqulay vaziyatda darvoza tomon zarba berib ko'rdi, noaniq.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

89. Yaxshiboev standart vaziyatni ko'kka sovurdi. So'nggi imkoniyatlardan biri edi.

85. Raqiblarimiz safidagi navbatdagi o'zgarish: Ben Folami Reno Piskoponi almashtirdi.

82. Jasur Yaxshiboev!!!! Uning navbatdagi zarbasi ham noaniq ketdi!!!!

79. Vakillarimiz hujumga o'tishga urinishmoqda, ammo bir futbolchining yo'qligi baribir o'z tasirini o'tkazyapti.

75. Drulovich maydonga Doston Ibragimovni tushirdi, u Ilhom Alijonovni almashtirdi.

71. Xavfli vaziyat! Avstraliyaliklar hujumlarga zo'r berishmoqda va ular juda ham xavfli chiqmoqda. Hozirgi vaziyatning o'zida ham raqiblar darvozamizni bir necha bor "o'qqa" tutishdi.

69. Qizil kartochkadan so'ng "kengurular" ustunlikni o'z qo'llariga olishdi.

65. Avstraliyaliklarda o'zgarish: Alhassan Ture Daniel Boumanni almashtirdi.

64. SHarof Muxitdinov jarima zarbasini ajoyib ijro etgan edi, ammo biroz noaniq.

60. O'zgarish: SHarof Muxitdinov Mirjahon Mirahmadovni almashtirdi.

59. Oybek Bozorov qizil kartochka oldi! Afsus, futbolchimiz oyog'ining tag qismi bilan raqibga zarba berib yuborgan edi.

59. Yana Yaxshiboev jarima maydonchasi yaqinidan zarba bergan edi, ammo Tomas Glover o'z o'rnida.

56. Vakillarimiz ikkinchi bo'limni o'ta yomon boshlashgan edi, ammo hozirga kelib sal o'zimizga kelmoqdamiz. Ammo, hujumlarni yakunlash bizda qiyin kechmoqda.

53. Drulovich ham o'zgarishga qo'l urdi: Oybek Bozorov Nurillo To'xtasinovni almashtirdi.

52. Daniel Boumanga maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

50. Avstraliyaliklar o'yin davomida birinchi bor aniq zarba berishgan edi, ammo... shu aniq zarba gol uchun etarli bo'ldi. Bu vaziyatda Nematov ham jamoamizni goldan saqlab qola olmadi.

47. GOOOOOL!! Afsus, gol o'tkazib yubordi. Nikolas D'Agostino bir necha futbolchilarimizni aldab o'tgan holda jarima maydonchasi ostonasidan darvozamizni ishg'ol qildi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi.

- Avstraliyalik tarkibida o'zgarish: Denis Generau Rami Najjarineni almashtirdi.

TANAFFUS

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

41. Ha, vakillarimizda gol urish uchun ajoyib imkoniyatlar yuzaga kelgandi, ammo ularda foydalana olmayapmiz. Raqib esa hali darvozamiz tomon zarba bermadi (!)

36. Exxx!!! Bobir Abduholiqovv! Jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldab o'tgan o'yinchimiz darvoza tomon zarba berdi, ammo avstraliyaliklar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

33. "Kengurular" ayni daqiqalarga kelib ikkinchi raqam bo'lib o'ynashmoqda desak bo'ladi. CHunki, vakillarimiz ko'proq hujumga o'tishmoqda va to'pga egalik qilishmoqda.

28. Yaxshiboeeeeevvvvv!!!! Jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldab o'tgan futbolchimiz gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgan edi, ammo zarba mukammal chiqmadi va darvozabon uni bartaraf etdi.

25. So'nggi daqiqalarda vakillarimiz yaxshiroq o'ynamoqda. O'zbekiston hozirgacha 5 bor zarba berdi, ularning ikkitasi esa darvoza tomon aniq bordi.

17. Yaxshiboevv!!!! Qarshi hujumga o'tib ketgan vakillarimiz Jasur Yaxshiboevni qulay vaziyatga chiqarishdi, ammo, yarim himoyachimizning jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi.

16. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik O'zbekiston tarafida: 34% - 66%

11. Xavfli vaziyat! Bobir Abduholiqovning jarima maydonchasi ichiga tashlab tepgan to'piga Jasur Yaxshiboev bosh bilan zarba berdi, ammo darvozabon o'z o'rnida.

10. Bobir Abduholiqovning reydini Zak Dankan to'xtatib qoldi, ammo hakam og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

8. Vakillarimiz tomonidan ilk zarba. Abdulla Abdullaevning uzoq masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ketdi.

7. Biroz avval Hojiakbar Alijonovga tibbiy yordam ko'rsatilgan edi. Ammo, hozirga kelib futbolchimizda hammasi joyida.

5. GOL! Yo'q, gol inobatga olinmaydi. Nikolas D'Agostino Nematovga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi. Ammo, avstraliyalik dastlabki daqiqalarda faolroq o'ynashmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- U-23 Osiyo chempionati 3-o'rin uchun Avstraliya - O'zbekiston o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz, asosiysi bu bahs g'olib jamoaga Olimpiada yo'llanmasini taqdim etadi.


Reyting: -320   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика