U-22 Osiyo chempionati. Evropalik skautlar “60 daqiqa” shiorini qo'llab-quvvatlashmoqda
16 jan 2014 15:54
Yangiliklar

U-22 Osiyo chempionati. Evropalik skautlar “60 daqiqa” shiorini qo'llab-quvvatlashmoqda
Ummonda bo'lib o'tayotgan 22 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini evropalik futbol skautlari ham katta qiziqish bilan kuzatib borishyapti.
Malumki, mazkur musobaqada “60 daqiqa. Vaqtni cho'zma. O'yna!”
jumlasi asosiy shior vazifasini o'tamoqda. Bundan ko'zlangan maqsad, 90
daqiqalik o'yinning hech bo'lmaganda 60 daqiqasini maydonda harakat qilish
orqali taminlashdir.
“60 daqiqa” shiori juda ajoyib fikr bo'ldi, – deydi futbol agenti Mauricio Morana. – Lekin buni amalda qo'llash faqat maydondagi o'yinchilarga bog'liq emas, balki murabbiylar va hakamlar ham bunga o'z hissasini qo'shishlari shart. SHundagina o'yinning 60 daqiqasida futbol o'ynasa bo'ladi”.
“Monako” klubi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan Radu Baiku esa bu borada shunday dedi: “OFK bu shior orqali o'yinning tezligini oshirmoqchi. Bundan hammamiz xursandmiz. Agar hakamlar qattiqqo'llik bilan bahslarni boshqarsa, vaqt cho'zishga hojat qolmaydi. SHunday ekan, hakamlar doim o'yinchilarga bosim o'tkazib turishlari lozim”.
Bu gaplarga “Zenit” vakili Matteo Tonocci ham to'la qo'shildi: “OFK “60 daqiqa” shiorining qanday mazmun kasb etishini musobaqadan oldingi murabbiylar majlisida atroflicha tushuntirib berdi. O'yinda to'xtalishlar qancha kam bo'lsa, uchrashuv shuncha qiziq bo'ladi va bu orqali biz – skautlarning ham yaxshi futbolchilarni saralab olishimiz oson kechadi”.

Fikrlar