So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  2 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

U-20ga: Muhimi, qo'rqmang! Natija uchun emas, muxlislar uchun jon bering! Yangiliklar

U-20ga: Muhimi, qo'rqmang! Natija uchun emas, muxlislar uchun jon bering!

Ertaga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zellandiyada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida guruhdagi birinchi o'yinini Gonduras terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Avvalo bir narsani tan olaylik, bugungi kundagi saviyamiz va bolalar futbolidagi siyosatdan kelib chiqsak, JCHda ishtirok etishning o'zi yuqori natija. Lekin bu SIZlar borib yutqazib keling degani emas, o'z navbatida SIZdan yuqori natijani ham kutishga haqqimiz yo'q. CHunki poydevor aslida qanday ekanligini yaxshi bilamiz.



O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Iordaniyaning sharofati tufayli Qatar yo'llanmasini qo'lga kiritganidan keyin yozgan maqolamga Aleksandr Geynrix munosabat bildirar ekan, shunday deydi:
- Biz yoshligimizda terma jamoadan chaqiruv olmasak, kechalari bilan yig'lab chiqardik. Hozir esa mukofot bormi yoki yo'q degan savol bilan murojaat qilishyapti.

Bu gapning zamirida qanchalik tasirli gap yotganini, o'z paytida terma jamoaga tusha olmaganlar biladi. Jahon chempionatiga 21 nafar futbolchimiz yo'l oldi. 30 milliondan ortiq aholisiga ega O'zbekistondan aynan mana shu 21 nafar futbolchi ertadan etiboran barcha - barchaning diqqat-markazida bo'ladi.

Ilk marotaba JCHga chiqqanimiz yodingizdami, 2003 yil siz endi sakki yosh edingiz. Endi ikkinchi sinfga chiqqandingiz. Oralaringizda Geynrixni Argentina terma jamoasiga chamasi 35 metrlardan urgan golini ko'rganlar bordir. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'shanda alamli tarzda mag'lubiyatga uchragandi. Uchrashuvning so'nggida Nesterov o'z jarima maydonchamiz ichida qo'pollik ishlatadi va penaltidan hisob 2:1 ko'rinish oladi.

Nima uchun muallif bu gaplarni yozyapti deb o'ylayotgan bo'lsangiz kerak, bu maqolam futbolchilarimizga tegishli. U paytlar futbolimizda bugungidek katta pul, keti uzilmas yig'inlar yo'q edi. U payt futbolchilar tom manoda jahon chempionatiga VATAN uchun yo'l olgan edilar. Qaytsam mana shuncha pul olaman degan gaplar xayolga ham kelmadi. Garchand guruhdan chiqa olmagan bo'lishsa-da, ular Vatan sharafini munosib himoya qilgandilar. O'yin borasida na Ispaniyaga, na Argentinaga imkoniyat boy berilgan. Ular Toshkentga Geynrix, Inomov, Nesterov, Bikmaev, Suyunov, Magdeev, Hasanov va Tojiev bo'lib qaytdilar. Ular keyinchalik milliy terma jamoa sharafini munosib himoya qildilar va himoya qilib kelyaptilar. Bugun ularning hech birini pulga qarab qolgan joyi yo'q. O'z paytida yoshlar terma jamoasidagi ishtirokini Vatanga sadoqat deb bildilar, yoshlikda pulga ruju qo'ymadilar. Qachon menga mukofot pulini berasizlar deb o'yin boshlanmasidan avval harxasha qilmadilar. Aksincha, oliy ligada ishladilar, milliy terma jamoaga kirish uchun mehnat qildilar. Keyin Suyunov va Nesterovdan boshqa yuqorida sanab o'tilgan futbolchilarning barchasi xorij futboli havosini oldilar. Suyunov "Paxtakor"da uzoq yil to'p tepdi. Nesterov esa har mavsum chempionatning eng kuchli jamoasidan o'rin olyapti. O'z paytida pulni quvmagan futbolchilarimizni, bugun pul quvib yuribdi. Futbolning asosiy qoidasi ham aslida shu.



Endi maqolani o'qiyotgan futbolchilar diqqat qiling!

Bugun sizning davringiz keldi. Davrni ushlab qolish na mening, na boshqa birovning qo'lida. Barchasi o'zingizga bog'liq. SHu paytgacha 1983 yilda tavallud topgan futbolchilarimizni hisobga olmasa, 1989 va 1993 yildagi yigitlarimiz bugun Borisov shogirdlari kabi terma jamoadan muqim joy olmadilar. Sizlarda hozircha mana shu avlod yo'l qo'ygan xatoni qaytarmaslik imkoniyati bor. Buning barchasi o'z qo'lingizda. Ertaga Gondurasga qarshi maydonga tushasiz. Xayolingizdan barcha narsani chiqarib tashlang. Yana bir tarixga qaytaman. O'zbek sporti tarixida qishki sport turlari bo'yicha yagona oltin medali sohibasi Lina CHeryazova fristaylda birinchi o'rinni qo'lga kiritadi. Bir kun avval uning onasi xizmatini o'tash chog'ida fojeali tarzda vafot etadi. SHohsupaga chiqar ekan, terma jamoa mamuri unga bu haqda aytadi. Uning ko'z yoshlari o'sha lahzada Norvegiya tog'larida muzga aylanadi. Bu gaplarni nima uchun sizlarga aytayapman. Ayni paytda sizning uyingiz tinch, Vataningiz tinch, ota-onangiz sog' va salomat. Milliondan ortiq muxlislaringiz ko'z tikib turibdi. SHunday ekan, faqat va faqat Vatan uchun ertaga maydonga tushishga majbursiz! Bir zum bo'lsa-da, chekinmang, raqibni salobatidan qo'rqmang. Ular ham siz kabi futbolchi.

2009 yil O'zbekiston Urugvayga qarshi maydonga tushganida, urugvaylik futbolchilar vakillarimiz oldiga kelib erga tupurgan ekan.
"SHuning o'ziyoq bizni hayajonlanishimizga sabab bo'lgan edi", - deya aytib bergandi bir futbolchimiz. Siz esa bundan qo'rqmang. Mardlarcha chiqing maydonga, yuqorida aytib o'tdim, g'alaba bo'ladimi mag'lubiyat bo'ladimi shaxsan menga farqi yo'q, faqat erkakka o'xshang, taslim bo'lmang. Bu hali boshlanishi, hali MTJ bor!



Javohir, sen sardorsan! Jamoang shunday o'ynasinki, to'p uchun kurashda yorilishi mumkin bo'lgan boshni emas, 30 million xalqni o'ylasin. SHunday o'ynanglarki, ota-onangiz mahallada, bu mening farzandim deb kerilsin. CHoyxonalarning to'ri ularniki bo'lsin. Ukangiz maktabda maqtansin, akangiz kerilsin bu mening ukam deb! Bo'ldi, aytar gapim shular edi.

Qani ketdik yigitlar, Vatan siz uchun, siz Vatan uchun!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика