So’nggi yangiliklar

01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  0 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  0 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  6 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  3 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  6 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3 22:59"Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  7 22:18Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  18 21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  2 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  23 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  7 19:20Ван Дейк Слотнинг "Ливерпул"даги ишини юқори баҳолади  0 18:47Гринвуд Дрогбанинг натижасини такрорлади  2 18:21"Реал"га "Бавария" вингерининг хизматлари таклиф этилди  5

U-20 Jahon chempionati. Meksika, Panama, AQSH va Gonduras yo'llanmaga ega bo'ldi Yangiliklar

U-20 Jahon chempionati. Meksika, Panama, AQSH va Gonduras yo'llanmaga ega bo'ldi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yozda yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etadi.
2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialga Yangi Zelandiya mezbonlik qiladi. JCH 30 may kuni boshlanib 20 iyun kuni o'z yakuniga etadi.

Musobaqa o'yinlari Yangi Zelandiyaning 7ta shahrida bo'lib o'tadi. Mezbon shaharlar: Oklend, Kristchurch, Dunedin, Xamilton, Nyu Plyumout, Vangarei, Vellington.

Unda jami 24ta jamoa ishtirok etadi.

Mezbon Yangi Zelandiya to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lganini tushunitirib o'tirish shart emas.

Okeaniya mintaqasida bo'lib o'tgan saralashda Fiji yoshlari chempion bo'ldi va ushbu mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

O'tgan yil yozda Vengriyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida ishtirok etgan 8ta jamoaning 6tasi Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi: Germaniya, Portugaliya, Serbiya, Avstriya, Ukraina va Vengriya.

Osiyo qitasidan ushbu musobaqaga boradigan to'rtta jamoa nomi malum bo'lgan: O'zbekistondan tashqari Myanma, KXDR va Qatar yoshlar terma jamoalari mundialda ishtirok etishadi.

SHimoliy Amerikadagi saralash 9-24 yanvar kunlari tashkil etildi. Yamaykada bo'lib o'tgan musobaqada Meksika, Panama, AQSH va Gonduras terma jamoalari mundialga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Afrika va Janubiy Amerikadan to'rttadan jamoa Yangi Zelandiyaga boradi. Hozircha bu qitalarda saralash bahslari bo'lib o'tmagan. Yani 8ta jamoa nomi hozircha nomalum.

Afrikadagi chempionat 2015 yilning 8-22 mart kunlari bo'lib o'tadi. Janubiy Amerikada esa JCH yo'llanmalari 14 yanvar - 7 fevral kunlari oralig'ida o'ynaladi.

U-20 Jahon chempionatiga 2015 yilning 10 fevral sanasida qura tashlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика