So’nggi yangiliklar

16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  4 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   1 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  7 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  2 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  5 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  21 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  10 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11

U-20 Osiyo kubogi ramziy terma jamoasi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi ramziy terma jamoasi

Teglar :  U-20 Osiyo kubogi
Biz uchun oxiri ertak misoli yaxshilik bilan poyoniga etgan Osiyo kubogida o'z iqtidorini namoyon eta olgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani shakllantirishga harakat qilib ko'rdik.

DARVOZABON

Otabek Boymurodov (O'zbekiston)

Ushbu poziciyada penaltilar va xavfli hujumlarni qaytarishda repetitorlik qila oladigan O'zbekiston terma jamoasi posboni hech qanday ortiqcha gap-so'zlarsiz ushbu o'ringa munosib. Otabek faqatgina chempion bo'lgani uchun emas, balki matematik raqamlardan iborat sonlarga ko'z yugurtirsangiz ham buni tasdig'ini topishingiz mumkin. Yoshlar terma jamoasi posboni naq beshta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Faqatgina Avstraliyaga qarshi bahsda mehmonlarni xafa qilmaslik maqsadida bittagina to'p qabul qilib oldi. Boymurodov hatto hal qiluvchi uchrashuvning ham eng yaxshisi bo'lishga davogarlik qila oladi, chunki u bir necha muqarrar vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. "Paxtakor" golkiperi turnir davomida jami 15 ta seyv amalga oshirdi. Jingalaksoch posbonga kelgusida ham shu zaylda davom etishini tilab qolamiz.

HIMOYACHILAR

Tolib Abdulxoliq (Iroq)

Iroqlik himoyachi jamoasining finalga qadar etib kelishida o'z hissasini qo'sha oldi. Hatto finalda samarali harakat qildi va to'p uchun yakkakurashdagi to'rtta vaziyatning uchtasida g'olib chiqdi. Umuman olganda, Tolib vaziyatlarni bartaraf etish borasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldi — 36 ta. Ustiga-ustak, Abdulxoliq hali endi 17 yoshni qarshi olgan ekan, kelgusi yoshlar musobaqasida esa uning yana-da ko'proq kuchga to'lgan holda qaytishi shubhasiz.

Haofan Liu (Xitoy)

19 yoshli himoyachi jamoasi bilan chorak finaldayoq musobaqani tark etgan bo'lsa-da, himoyadagi sherigi Yixuan Jang bilan ajoyib tandem hosil qila oldi. Bilamizki, CHin mamlakati vakillari hujumkor etakchi jamoalardan sanalmaydi, shu bois raqibga qarshi o'yinlarda orqa chiziq vakillariga katta masuliyat yuklanadi. Haofan boshchiligidagi xitoylik himoyachilar esa ko'pgina vaziyatlarni chippakka chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. Liu esa turnir davomida 34 ta vaziyatni bartaraf etib, bu borada ikkinchi ko'rsatkichga ega bo'ldi.

Abduqodir Husanov (O'zbekiston)

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining turnir davomida o'z darvozasidan atigi bitta to'p o'tkazib yuborishida darvozabondan tashqari Abduqodir Husanov etakchiligidagi himoya qo'rg'onining ham o'rni beqiyos. Uch markaziy himoyachining asosiy skeleti vazifasini bajargan Husanov jamoa posboniga har doim ham ish qoldiravermadi. Abduqodir musobaqa davomida 33 ta vaziyatni yo'qqa chiqarib, bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshi uchinchi natijani qayd etdi. Ayniqsa, pley-off bosqichida uning xizmatlari ulkan bo'ldi. "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi bo'lgan "Energetik-BGU" klubi himoyachisi o'tgan yili jahonning kelajagi eng porloq 250 nafar futbolchisi safidan o'rin olgandi.

CHoi Seok Hyun (Janubiy Koreya)

20 yoshli himoyachi nafaqat raqib hujumlarini buzishda, balki hujumlarni tashkil etish hamda bog'liq vazifasini o'tashda ham katta hajmdagi ishni bajardi. CHoi Seok turnir davomida 24 ta vaziyatni bartaraf etgan, bundan tashqari, yakkakurashlarda ham faol ishtirokchi sanaladi. Qolaversa, himoyachi musobaqada eng ko'p pas bergan futbolchi hisoblanadi — 347 ta.

YARIM HIMOYACHILAR

Abbos Fayzullaev (O'zbekiston)

Musobaqaning eng futbolchisi, turnir davomida eng ko'p zarba bergan futbolchi (14 ta), eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchi (21 ta), eng ko'p qanotdan uzatma amalga oshirgan futbolchi (58 ta), eng chiroyli gollardan birining muallifi, eng ko'p tomoshabinlar mehrini qozongan futbolchilardan biri, qisqasi, rekordlar daftarini yig'ishtirib olgan, darvozaga turg'azib, qo'liga qo'lqop kiydirib qo'ysangiz, eng ko'p seyv qilishdan ham qaytmaydigan Fayzullaev tom manoda turnirni o'ziniki qildi. Suriyaga qarshi o'yindagi jarima zarbasidan boshlangan master-klasslar Iroqqa qarshi qarshi bahsda penalti ishlash bilan yakunlandi. "Paxtakor"da ham asosiy o'yinchilardan biriga aylanayotgan yigitchaga tez orada xorij klublaridan "yog'li" takliflar kela boshlasa, ajabmas.

Ali Jasim (Iroq)

Iroqlik yarim himoyachi markazda ham, qanotlarda ham faol harakati bilan raqiblariga boshog'riq bo'la oldi. 19 yoshli futbolchi Eron va Yaponiyaga qarshi bahslarda muhim gollarni urdi, qolaversa, zarba berish (10 ta), vaziyatlar yaratish (14 ta), qanotdan uzatmalar amalga oshirish (22 ta) kabi ko'rsatkichlar bo'yicha Fayzullaev singari turli jabhalar bo'yicha eng yaxshi futbolchilar qatoriga kiritildi.

Umarali Rahmonaliev (O'zbekiston)

Yoshlar terma jamoasining sardori qatiyatliligi va liderlik qobiliyatini o'yinlar davomida isbotlay oldi. Markaziy yarim himoyachi hujumlar tashkil etish va raqib hujumlarini buzishda rosa ter to'kdi. Qolaversa, mamlakat rahbari tashrif buyurgan hamda muxlislar bilan liq to'lgan final bahsida jasorat bilan penaltini aniq amalga oshirdi. Rahmonaliev boshqa jihatlari bilan ham tahsinga sazovor bo'ldi. Zarba yo'llash (10 ta), vaziyatlar yaratish (12 ta) borasida ham eng yaxshilar safidan joy egalladi. "Rubin" futbolchisi jahon chempionatida ham o'z iqtidorini namoyon eta olishiga ishonamiz.

HUJUMCHILAR

Kuryu Matsuki (Yaponiya)

Yaponiya yoshlari finalga qadar etib bora olmagan bo'lsalar-da, yana bir qancha serqirra futbolchilarini kashf eta oldi. Ayniqsa, hujum chizig'i vakillari musobaqa kashfiyotlariga aylanishdi. SHulardan biri Kuryu Matsuki sanaladi. "Tokio" klubi hujumchisi turnir davomida 2 ta gol urishdan tashqari, bitta assistni opz hisobiga yozdirib qo'ydi, qolaversa, vaziyatlar yaratish (11 ta) va zarba berish (9 ta) borasida ham ilg'orlar qatoridan o'rin oldi. Matsukini ramziy jamoaga kiritganimiz bejiz emas. Angliyaning "Vulverhempton" klubi ushbu futbolchini 8 mln evroga sotib oladigan bo'ldi.

Jin Yang (Janubiy Koreya)

19 yoshli bo'ydor hujumchi turnir davomida 3 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, u zarba yo'llash (11 ta), havodagi kurashlar bobida ham maqtovga loyiq harakat qildi.

Naoki Kumata (Yaponiya)

Yaponiyalik hujumchi turnir davomida  marotaba raqib posbonlarini  qoshlarini chimirishga majbur qilib, musobaqa to'purariga aylandi. 18 yoshli oldingi chiziq vakili Xitoyga qarshi bahsda dubl qayd etgan bo'lsa, Qirg'iz Respublikasi, Iordaniya va Iroq darvozasiga ham yo'l topishni uddaladi. Kumata intellekt o'yinchi sanaladi, u hujumlarni tashkil etishda hamda zarbalar yo'llashda faol bo'lmasa-da, imkoniyatlardan maksimal ravishda foydalana oladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика