U-20 JCH. Keyingi bosqichga chiqqan ilk termalarning nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
26 may 2019, 23:17
Bugun, Polshada davom etayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi mundialning 2-tur bahslariga start berildi.

Mazkur to'qnashuvlardan keyin Senegal hamda Italiya keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan ilk termalarga aylandi. Yaponiya ham bugungi yirik hisobdagi g'alabadan keyin pley-offga chiqishga yaqin turibdi.

Ekvador - Italiya 0:1 (0:1)

Senegal - Kolumbiya 2:0 (1:0) 

Meksika - Yaponiya 0:3 (0:1)    

Birozdan keyin, yani, 23:30da musobaqa mezboni Polsha termasi Taitiga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia