So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

U-20 jahon chempionati. Osiyo 8ta o'yinda 7 ochko yig'di Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. Osiyo 8ta o'yinda 7 ochko yig'di

Polshada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 2-tur bahslariga yakun yasaldi.

Bugundan 3-tur bellashuvlari start oladi. Malumki, ushbu musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti: Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya. 

O'tgan ikki turda Yaponiya 4 ochko to'pladi. Yaponlar Ekvador bilan durang o'ynab, keyin Meksikani yirik hisobda mag'lub etishdi. Janubiy Koreyada hozircha 3 ochko bor. G'arbiy Osiyo vakili Qatar bilan Saudiya Arabistoni esa hozircha g'alaba tugul durangga ham erisha olgani yo'q. 

Kecha Saudiya Arabistoni Mali bilan o'yinda 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Bundan ko'rinib turibdiki, saudiyaliklarga xarakter etishmayapti. Qatar esa Ukrainaga qarshi tengma-teng kurash olib borib (hatto bazi vaziyatlarda ustunlik qilib), yakunda 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Dastlabki ikki turda Osiyo jamoalari qayd etgan natijalar 

Yaponiya - Ekvador 1:1

Meksika - Yaponiya 0:3 


Qatar - Nigeriya 0:4 

Qatar - Ukraina 0:1


Franciya - Saudiya Arabistoni 2:0

Saudiya Arabistoni - Mali 3:4 


Portugaliya - Janubiy Koreya 1:0 

JAR - Janubiy Koreya 0:1 

Ko'rinib turibdiki, hech bir jahon chempionati Osiyo jamoalari uchun oson o'tmaydi. Bu xoh mundial bo'lsin, xoh yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalar bo'lsin. Hozirgi paytda faqat Yaponiyadan nimadir umid qilish mumkin. Saudiya Arabistoni bilan Qatar musobaqa bilan xayrlashib bo'ldi. 

Janubiy Koreyaning bor umidi 3-turga qolgan. Guruhdagi oxirgi o'yinni koreyaliklar 31 may kuni Argentinaga qarshi o'tkazishadi. Lekin Yaponiyani ham guruhdan chiqdi deyishga hali erta. Bugun bo'lib o'tadigan Italiyaga qarshi bahs hammasiga oydinlik kiritadi. Darvoqe, mazkur uchrashuv bizning vaqt bilan 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика