So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

U-20 jahon chempionati. Kimlar qoldi, kimlar ketdi? Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. Kimlar qoldi, kimlar ketdi?

Polshada bo'lib o'tayotgan U-20 jahon chempionatida bugundan 1/8 final o'yinlariga start beriladi.

Musobaqa 24ta terma jamoa bilan boshlandi va guruh o'yinlari yakuniga etganidan so'ng 8ta jamoa musobaqani tark etdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'z guruhlarida birinchi-ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishdi. SHuningdek, eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta uchinchi o'rin egasi ham 1/8 finalda o'ynaydigan bo'ldi. 

Musobaqada qolganlar: 

Evropa - Polsha, Italiya, Ukraina, Franciya

Osiyo - Yaponiya, Janubiy Koreya

Janubiy Amerika - Kolumbiya, Ekvador, Urugvay, Argentina

SHimoliy/Markaziy Amerika - AQSH, Panama

Afrika - Senegal, Nigeriya, Mali

Okeaniya - Yangi Zelandiya


Musobaqani tark etganlar: 

Evropa - Norvegiya, Portugaliya

Osiyo - Qatar, Saudiya Arabistoni

Janubiy Amerika - hech kim

SHimoliy/Markaziy Amerika - Meksika, Gonduras

Afrika - JAR 

Okeaniya - Taiti 

Ko'rib turganingizdek, birgina Janubiy Amerika mintaqasidan hozircha hech kim chiqib ketgani yo'q. Evropadan Portugaliyaning chiqib ketishi juda alamli bo'ldi. Portugaliya guruhda uchinchi o'rinni egalladi va to'plar nisbatiga ko'ra Panamadan ortda qoldi. 

Osiyodan esa ikkita jamoa qoldi va ikkitasi ketdi. Yaponiya bilan Janubiy Koreya guruhdan chiqishni amallagan bo'lsa, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Saudiya Arabistoni hamma uchrashuvlarni boy bergan holda musobaqani tark etdi. SHuningdek, Qatar ham uchala bahsda mag'lub bo'lib xayrlashdi. 


Guruh o'yinlariga oid malumotlar: 

- Guruh bosqichida 1000ga yaqin volontyor xizmat qildi. Ularning aksari polshalik. SHuningdek, Angola, Nigeriya, Angliya va Ozarbayjondan kelganlar ham yordam berishdi. 

- Faqat birgina jamoa guruh o'yinlarida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi - Senegal. To'plar nisbati 5-0. 

- Beshta jamoa musobaqani 0 ochko bilan tark etdi: Taiti, Meksika, Gonduras, Qatar va Saudiya Arabistoni. 

- Ikkita jamoa guruhdagi uchala o'yinni ham g'alaba bilan yakunladi - Franciya va Urugvay. 

- Musobaqa mezboni Polsha guruhdagi uchala uchrashuvni faqat bir stadionda - "Lodc" arenada o'tkazdi. 

- Guruh bosqichi bellashuvlari 178ta mamlakatga teletranslyaciya qilindi. 

- Eng tezkor gol muallifi senegallik Amadu Sanya bo'ldi. Unga Taiti darvozasini ishg'ol etish uchun 9,6 soniya kifoya qildi. 

- Panama Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag'lub etib tarixiy g'alabaga erishdi. Bu panamaliklarning U-20 jahon chempionatidagi ilk g'alabasi bo'ldi. Avvalgi 17ta o'yinda Panama yoshlar termasi to'rt bor durang o'ynab, 13ta bellashuvda imkoniyatni boy bergandi. 

- O'z tarixida ikkinchi bor U-20 jahon chempionatida qatnashgan Taiti bu safar ham gol ura olmadi. SHunday qilib Taitining 6ta o'yindagi to'plar nisbati 0-36ga etdi. 

- Norvegiya - Gonduras 12:0. Bu musobaqa tarixidagi eng yirik hisob bo'ldi. Bungacha eng yirik natija 1997 yilgi kichik mundialda Braziliya - Janubiy Koreya o'yinida qayd etilgan bo'lib, braziliyaliklar 10:3 hisobida zafar quchishgandi. 


Eng yaxshi surat 

U-20 jahon chempionatida bir nechta kuchli fotosuratchilar ham mehnat qilmoqda. FIFA rasmiy sayti guruh o'yinlarida olingan eng yaxshi suratni aniqladi. Quyidagi suratda musobaqani tark etgan Saudiya Arabistoni futbolchisini Mali yoshlar termasi azosi Mohamed Kamara yupatayotgani tasvirlanrgan. Malumki, bu o'yinda saudiyaliklar 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda 3:4 hisobida yutqazib qo'yishdi.

    


1/8 final juftliklari 

Aytib o'tganimizdek, bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan musobaqaning 1/8 final o'yinlariga start beriladi. 

2 iyun. Kolumbiya - Yangi Zelandiya

2 iyun. Italiya - Polsha 

3 iyun. Ukraina - Panama

3 iyun. Urugvay - Ekvador

3 iyun. Senegal - Nigeriya 

4 iyun. Argentina - Mali 

4 iyun. Franciya - AQSH

4 iyun. Yaponiya - Janubiy Koreya 

Qizig'i shundaki, Osiyoning musobaqada qolgan ikki jamoasi Yaponiya va Janubiy Koreya 1/8 finalda bir-biriga qarshi bahs olib boradi. Demak, navbatdagi bosqichdan so'ng U-20 jahon chempionatida qitamizdan bitta vakil qoladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика