U-19 Osiyo CHempionati. KXDRni yutgan Qatar chempion bo'ldi
23 okt 2014 19:53
Yangiliklar

U-19 Osiyo CHempionati. KXDRni yutgan Qatar chempion bo'ldi
Myanmadagi Osiyo chempionatining final o'yini bo'lib o'tdi.
Yarim finalda O'zbekiston yoshlar terma jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etgan KXDR yoshlari hal qiluvchi bahsda Qatar bilan o'ynadi. Bahs taqdirini ikkinchi bo'lim boshida qatarlik Akram Afif tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning yarim finaliga chiqqan to'rt jamoa keyingi yil Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga ishtirok etadi. Bu jamoalar: Qatar, KXDR, O'zbekiston va Myanma.

Fikrlar