So’nggi yangiliklar

14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  13 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21

U-19 ayollar o'rtasida OCH: Xitoy - O'zbekiston 2:0 Yangiliklar

U-19 ayollar o'rtasida OCH: Xitoy - O'zbekiston 2:0

O'zbekiston U-19 ayollar termasi Osiyo chempionati ilk turida musobaqa mezboni Xitoy U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

Bugun, Xitoyning Nankin shahrida U-19 ayollar o'rtasida Osiyo CHempionati final bosqichi bahslariga start berildi. Turnirning ochilish uchrashuvida Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqa mezboni – Xitoy U-19 qizlariga qarshi maydonga tushdi. 

Uchrashuvning 19-daqiqasida Xitoy ayollar terma jamoasi uchrashuvda hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa, ikkinchi taymning 62-daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga yana bir to'p kiritdi. Uchrashuv shu tariqa Xitoy termasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, 8ta terma jamoa ishtirok etayotgan mazkur turnirda dastlabki uchta o'rin egasi kelasi yili Franciyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Malumot uchun, O'zbekiston U-19 ayollar termasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvini 18 oktyabr kuni KXDR ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

U-19 ayollar o'rtasida Osiyo chempionati.

15 oktyabr.

Nankin, Xitoy.

Aguruhi 1-tur:

Xitoy U19 – O'zbekiston U19 – 2:0.

Gollar: CHan Yuanmeng (19), Lyu Jing (62).

O'zbekiston U19:  Maftuna Jonimqulova, Darina Fedosenko, Feruza Boboxo'jaeva, Sevara Normurodova, Soliha Husniddinova, Maftuna SHoimova, Umida Zoirova, Nozima Kamoltoeva, Malika Burhonova, SHahnoza Qurbonova.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика