So’nggi yangiliklar

13:09"Милан" устози билан уришиб қолган ҳимоячи жамоани тарк этади  5 12:48"Насаф" Комилов билан хайрлашди  4 12:41Фарғона ҳокими Қиргулидаги "Нефтчи" қароргоҳида бўлди  1 12:03Трансфер тақиқи жорий этилгунга қадар рўйхатдан ўтказилган "Нефтчи" футболчилари жамоада ўйнай оладими? Алишер Никимбаев вазиятга ойдинлик киритди  14 11:17Фарғона вилояти ҳокими «Қўқон 1912» футбол клуби марказий ўйингоҳида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди  3 10:54Goal қуръадан кейин ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  30 10:30Бугун қуръа. У қандай тартибда ўтади?  10 10:23«Манчестер Юнайтед» 17 ёшли бола учун 60 миллион тўлашга рози бўлди  5 09:51«Лион»нинг асосий футболчиси Саудиянинг 2-лигасига йўл олди  0 09:22Кевин де Брюйненинг келажаги маълум  2 08:55Шомуродов ҳеч қаерга кетмайди  31 08:29Расман. «Ал Насср»дан сўнг «Ал Аҳли» ҳам йирик трансферни амалга оширди  2 08:06Sofascore. Шукуров шериклари орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  4 07:39Ўзбекистон кубоги март ойида старт олади  1 01:50"Милан" ва "Фейеноорд" келишувга эришиш арафасида  3

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda? (3-qism) Yangiliklar

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda? (3-qism)

Bu yil yangicha tizimda o'tkazib kelinayotgan U-18 birinchiligi o'yinlari qizg'in tarzda kechmoqda.

Har bir jamoa o'zini ko'rsatish maqsadida astoydil ishtirok etayotir. Ayniqsa mahalliy yosh murabbiylar o'zidan ijobiy taassurot qoldirish niyatida shogirdlarini faqat g'alaba yo'lida etaklamoqda. Quyida etiboringizga U-18 jamoalarining murabbiylari haqidagi tanishtiruv maqolamizning yakuniy qismini havola etamiz.   

“So'g'diyona” – Anvar Almatov

Jizzaxliklar asosiy etiborni Superliga jamoasiga qaratishini mana bir necha yillardan buyon guvohi bo'lib kelmoqdamiz. Klub tizimida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Almatov bu yil U-18 jamoasini boshqarmoqda. 

“Qizilqum” – Vohid SHodiev

“Qizilqum” Superligada har yili etiborga molik transferlarni amalga oshiradi. Ammo Navoiyda bolalar futboli saviyasini yuqori darajada deb bo'lmaydi. Hamidjon Aktamovning bir o'zi viloyatda futbolni rivojlantirishda qiynalmoqda. SHu bois mutaxassis o'z yoniga Tachmurod Agamurodovdek tajribali murabbiyni maslahatchi sifatida olgan. Yoshlar jamoasiga ham sobiq futbolchilarni murabbiylikka qo'ymoqda. Xususan U-18 jamoasiga Vohid SHodiev murabbiylki qilmoqda. “Qizilqum” tarkibida bir necha yillar davomida to'p tepib, jamoaning yutuqlariga o'z xissasini qo'shgan SHodiev butsalarini mixga ilgach, murabbiylikni tanladi. Aktamov unga U-18 jamoasini ishonib topshirdi. Vohid SHodiev yaqinda Toshkent shahrida o'tkazilgan “V” toifali murabbiylik kurslarida tahsil olib qaytdi. Ko'ramiz sobiq hujumchi bu yil U-21 jamoasiga iqtidorli futbolchilarni qanchalik ko'p etkazib bera olarkin. 

“Dinamo” – Nodir Mardonov

“Dinamo” jamoasi Superligani tark etgach, o'z-o'zidan yoshlar jamoasi ham tarqatib yuborildi. Bu yil U-18 jamoasi O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etmoqda. Kelasi yil “Dinamo” Superligada ishtirok etishi xuquqini qo'lga kiritsa, rahbariyat U-21 jamoasi bo'yicha u qadar bosh qotirmasligi tayin. CHunki U-21 ga jamoa tayyor bo'ladi. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, U-18 jamoasini bungacha Umidjon Hatamov boshqarib kelayotgandi. Ammo ushbu murabbiy yaqinda “Buxoro” jamoasiga o'tgach, U-18 jamoasi boshqaruvi Nodir Mardonovga o'tdi. 31 yoshli murabbiy 2015-2020 yillar davomida Samarqand futbol akademiyasida U-14 va U-17 jamoalarida murabbiylik qilgan. Joriy mavsumdan to'liq “Dinamo” futbol klubiga ishga o'tgan. Mardonovda hozirda “A” toifali murabbiylik licenziyasi mavjud. “Dinamo” U-18 jamoasidan bu yil 40 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib, shulardan 29 nafari “Samarqand futbol mahorat maktabi”ning 2003-2004 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari bo'lsa, qolgan 11 nafari turli qishloqlardagi BO'FM va BO'SMlardan saralab olingan. Nodir Mardonovning aytishicha, 40 nafar bola ikki guruhga bo'lingan. Mashg'ulotlar alohida o'tkaziladi.  Unda akademiya murabbiylari yordamga chiqadi.  

“Aral-Samali” – Ergali Maxsetov

Nukusning “Aral-Samali” jamoasi moliyaviy muammolar sababli oxirgi yillarda birinchi ligada ham arang ishtirok etib kelayotgandi. Joriy mavsumdan xarqalay klubning ko'kragiga shamol tegmoqda deyish mumkin. Xar xolda klub vakillari bilan o'zaro suhbatlashganimizda, shunga amin bo'lamiz. Ilgari qoraqalpoq futboli haqida gap ketganida ko'chpilik ko'z o'ngida taniqli sobiq hujumchi Nematullo Qutiboev gavdalanardi. Lekin so'nggi paytlarda Temur Turdiev qoraqalpoq futbolining asosiy figuralaridan biriga aylanib ulgurdi. Moddiy tomondan qiyin vaziyatlarga tushib qolgan davrlarda ham doimo jamoaga beminnat yordamini berib kelgan Turdiev hozirda yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalangan xolda, iqtidorlarni kashf etib bormoqda. “Aral-Samali” bosh murabbiyi bilan bog'langanimizda, bu yilgi mavsum U-18 jamoasining asosiy negizi akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil etganini takidlab o'tdi. Unga mahalliy yosh murabbiy Ergali Maxsetov boshchilik qilmoqda. Endigina 30 yoshni qarshi olgan ushbu murabbiyda “V” toifali murabbiylik licenziyasi mavjud. Maxsetovga yana bir yosh murabbiy Janibek Mahmudov yordam bermoqda. “Aral-Samali” U-18 jamoasida 2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalar o'ynab kelmoqda. Akademiyaning 2005 yilda tug'ilgan iqtidorli futbolchilarining ayrimlari ham U-18 ga jalb etilgan. Jamoani safar o'yinlari uchun barcha sarf-harajatlar PRO-Liga jamoasi hisobidan amalga oshiriladi.     

“SHo'rtan” – Ixtiyor Karimov

Oxirgi ikki yilda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bu yildan yoshlarga jiddiy etibor qarata boshladi. Sababi O'zPFL jamoaning transfer oynasida yangi o'yinchilarni xarid qilishiga ruxsat bermagach, asosan futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini ro'yxatdan o'tkazib o'ynatishga majbur bo'ldi. Yoshlar bilan ham qiyin vaziyatdan chiqishga urinayotgan Asror Aliqulov kelasi mavsumda ham mahalliy iqtidorlarga etibor qaratsa ajab emas. Tan olish kerak, o'z vaqtida OFK Kubogida ishtirok etgan “SHo'rtan” jamoasi yaqin yillar davomida yana Superligaga qaytishi qiyin masala. Moliyaviy tomondan jiddiy to'siqlarga duch kelayotgan g'uzorliklarning o'zi ham buni yaxshi anglab turibdi. SHu bois rahbariyat asosan 18-20 yoshli futbolchilar bilan musobaqada ishtirok etishni maqul ko'rmoqda. 2012-2016-2017 yillar davomida “SHo'rtan”ga bosh murabbiylik qilgan Ixtiyor Karimov hozirda U-18 jamoasiga ustozlik qilmoqda. Bosh murabbiy Asror Aliqulovni bu yilgi mavsumda sog'ligi bilan bog'liq muammo sabab jamoa bilan birga bo'la olmagan vaqtida -“SHo'rtan”ni aynan Karimov boshqarib turganiga ham guvohi bo'ldik. Ixtiyor Tog'aevich mahalliy murabbiy bo'lib, g'uzorlik iqtidorli yigitlarning nimalarga qodirligini yaxshi biladi. Ushbu mutaxassisda “A” toifali murabbiylik licenziyasi mavjud. Karimov o'zini “SHo'rtan”ga bag'ishlagan insonlardan biri ekanligini uzoq yillardan buyon amalda isbotlab kelmoqda.  

“Mashal” – Aktam Berdiev

“Mashal” akademiyasidan ilgari ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqanini barcha yaxshi biladi. Ammo xomiylarning jamoaga bo'lgan etibori pasayib ketgach, o'z o'zidan klubning yillik sarf-xarajatlari ham qisqartirildi. Natijada akademiyaga avvalgidek sharoitlar qilinmasdan kelinmoqda. SHu bois bo'lsa kerak, “Mashal” tarkibida so'nggi yillarda akademiya tarbiyalanuvchilari olovdek porlab ko'zga tashlanmayapti. Rahbariyat boshqa viloyatdagi iqtidorni qo'lga kiritib, yoshlar jamoasi orqali asosiy tarkibga tayyorlashni yo'lga qo'ygandek tasavvur uyg'onmoqda “Mashal” U-18 jamoasiga bu yil Aktam Berdiev ustozlik qilayotir. Ushbu murabbiy mahalliy hisoblanib, o'tgan mavsum U-21 jamoasini ham boshqargan.    

“Metallurg” – Gabit Sapargaliev

“Mashal” safida uzoq yillar davomida futbolchi sifatida faoliyat yuritib, klubga bo'lgan sadoqati va etakchiligi bilan muxlislar qalbidan joy olgan Gabit Sapargaliev butsalarini mixga ilgach, murabbiylik sohasida ish boshladi. Sapargalievni ko'pchilik murabbiy sifatida ham “gazchilar” jamoasida ko'rishni kutgandi. Biroq unga “Metallurg”dan qulay taklif bo'lgan shekilli, Gabit hozirgi kunda bekobodlik yoshlar bilan ishlamoqda. Jamoa rahbariyati bu yil U-18 jamoasiga bosh murabbiy etib aynan Gabit Sapargalievni tayinlagan. Unga hozirda yana bir sobiq futbolchi Abbos Abdullaev yaqindan yordam bermoqda. Ushbu murabbiy mahalliy sanalib, o'z vaqtida “Metallurg” yoshlar jamoasida to'purarlik mahoratini namoyish etgan. Ammo negadir asosiy tarqibda barqaror o'ynab keta olmagandi.  


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика