So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  2 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

U-18 Birinchiligi. Istiqlol - Neftchi ustidan g'alabaga erishdi Yangiliklar

U-18 Birinchiligi. Istiqlol - Neftchi ustidan g'alabaga erishdi

Bugun U-18 jamoalari chempionatiga ham start berildi va musobaqaning ilk o'yini Farg'onada o'tkazildi.

Unda mezbon jamoa «Istiqlol» o'z uyida «Istiqlol» stadioni suniy qoplamali maydonida «Neftchi»ni qabul qildi. So'ngi bu nomlar to'qnashuvlarida «Istiqlol» nomi g'alaba qozonayotgan edi va bugun ham ushbu anana davom etdi.

O'yin kutilganidek shiddatli kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq mezbonlar raqiblarni qurshov ostiga olishdi. Ko'p vaziyatlarda esa biroz omad etishmadi. «Neftchi» jamoasi azolari ham birga-bir vaziyatlarga chiqib borishdi ammo SHohjahon CHilmatov o'z darvozasini mustahkam qo'riqladi.

Jamoalar kuchi esa futbolda ko'proq ohirida bilinadi. O'yinning 3-yarmidan boshlab jamoalar ochiq futbol o'ynashga o'tib ketishdi. Natija esa «Istiqlol» foydasiga ishladi. 85-daqiqada darvozabonning xatosidan so'ng Nodir Nurmatov to'pni, uchrashuvda eng yaxshi futbolchi bo'lgan Rahmatillo O'ktamovga oshirib berdi va chamasi 19-20 metrlardan darvozaning yaqin burchagiga zarba yo'llab hisobni ochdi. Goldan so'ng «Neftchi» darvozaboni o'z o'rnini sherigiga bo'shatib berdi. Navbatdagi gol esa o'zini uzoq kuttirmadi. O'yinning asosiy vaqti tugab, birinchi daqiqasi o'tayotgan bir paytda «Neftchi» jamoasi xujumda to'pni oldirib qo'ydi. Natija qarshi xujumga o'tib ketgan «Istiqlol» raqib darvozasini yana bir bor nishonga oldi. Maydon markazida to'pni egallagan Rahmatillo O'ktamov, Abdulboriy Vositjonovni to'p bilan taminladi. Vositjonov esa 22-23 metr masofadan darvozabonning yuqori to'qqizligiga joylab qo'ydi. SHu bilan Jahongir Po'latov shogirdlari uchrashuvda 2:0 hisobida «Neftchi» yoshlari ustidan erishilgan g'alaba bilan yakunlandi.


U-18 Birinchiligi.

"Istiqlol" - "Neftchi" 2:0

Gollar:
Rahmatillo O'ktamov (1:0), Abdulboriy Vositjonov (2:0)

"Istiqlol": 89. SHohjahon Isroilov, 3. Elnur Turg'unboev, 4. Diyor Azimjonov, 7. Rahmatillo O'ktamov, 8. Asadullo Mamasodiqov, 9. Abdulboriy Vositjonov, 10. Xushnud Bozorov, 13. Farruh Rajabov (S),14. Doston O'rinboev, 19. Ozodbek Qobulov,21. Nodir Nurmatov
Zaxira: 12. Timur Usmonov, 2.Samandar Halilov, 5. Ulug'bek Muhammadjonov, 11. Sobit Orifjonov, 17. Fayozbek Otaev,18. Jamshid Odiljonov, 22. Abdulvosit Vositjonov

"Neftchi": 1. Rasul Abdo'mo'minov, 3. Muhammad Qurbonov, 4. Rahimjon Ro'ziev, 7.Samandar O'rinboev, 8. Musomalik Rustamov, 9. Javohir Yusupov, 11. Bekzod Xomidov, 15. Azizbek Olimov, 18. Elyor Nuraliev, 20. Boburmirzo Solijonov, 25. Doniyor Madaminov.
Zaxira: 12. Asadbek Odiljonov, 5. Malik Mirzaboev, 6. Asadbek Razzoqov, 21. Doston Avazbekov, 22. Jasur Xamroqulov, 23. Obidjon Azizov, 26. SHoxrux Sobirov, 32. Xojiakbar Ibroximov, 44. Asadbek Abdulxamidov

"Istiqlol" matbuot xizmati.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика