So’nggi yangiliklar

21:30А Серия. "Интер" "Женоа" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:15Туркия Суперлигаси. Шукуров жамоаси ўз майдонида Турғунбоев жамоасини қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  3 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2 18:30АПЛ. "Ливерпуль" янги мавсумни ишончли ғалаба билан бошлади  6 18:14"Арсенал" - "Вулверхэмптон". Кимлар асосий таркибда?  1 17:31Слотнинг дебютида "Ливерпуль" "Ипсвич" дарвозасига бирорта аниқ зарба бермади  2 17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  13 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  6 16:36Энцо Мареска: "Менга Чемпионлар Лигасига чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  4 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1

O'zbekiston U-17 Kanadani taslim qildi, oldinda Ispaniya bilan "jang" Yangiliklar

O'zbekiston U-17 Kanadani taslim qildi, oldinda Ispaniya bilan "jang"

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur o'yinini o'tkazdi.


U-17 Jahon chempionati

O'zbekiston - Kanada 3:0 (TUGADI)

"Manahan" stadioni. Surakarta
Hakamlar
: Ivo Mendez, Karlos Tapia, Rojer Orellana (uchalasi Boliviya), Toriq Al Katiri (Indoneziya).
VAR: Derlis Lopez (Paragvay)
AVAR: Igor Benevenuto (Braziliya)
Komissar: Mazen Koubeissi (Livan). 

Gol: Richard CHukvu (avtogol) 22, Amirbek Saidov  27, 81

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To'lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzaev, 8.Behruz SHukurullaev, 9.Amirbek Saidov (11.Quvonchbek Abraev,89), 13.Behruz Jumatov, 14.SHodiyor SHodiboev (18.Jasur Hikmatullaev,46), 16.Muhammadali Reimov ( 4.Behruzjon Karimov,89), 17.Ollabergan Karimov ( 3.Yahyo O'rinboev,85), 19.SHerzod Abdulboriev, 20.Dilshod Abdullaev.
Zaxira: 1.Jahongir Bo'riev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov,  6.Ozodbek O'ktamov, 10.Abdulhamid Turg'unboev,  15.Ozodbek Ergashov, 

Kanada: 1.Nataniel Abraxam, 2.Teo Rigopulos, 3.Gael De Montini (20.Lino Alil, 63), 5.CHimere Omeze, 6.Lazar Stefanovich, 7.Tarik Taxid ( 10.Filip Igbinobaro, 46), 8.Jivan Badval, 9.Antoni Klukovski (19.Erik Pop, 63), 11.Kevon Tavernier (21.Lukas Ozimech,46) 13.Richard CHukvu, 14.Tayler Londono.
Zaxira: 16.Dominik Kantorovic, 18.Aleksandr Obrayn,12.Aidan Fong, 15.Viktor Fong, 17.Eten Godin, 

Ogohlantirish: Teylor Londono (Kanada) 59, Jivan Badval (Kanada) 90

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. G'alaba muborak O'zbekiston!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'ZGARISH. O'zbekiston, Muhammadali Reimov o'rniga Behruz Karimov, Amirbek Saidov o'rniga Quvonchbek Abraev tushdi.

85. O'ZGARISH. O'zbekiston, Ollabergan Karimov o'rniga Yahyo O'rinboev tushdi. 

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Amir Saidov bugun sening kuning! Kanadalik himoyachi va darvozabonning xatosidan so'ng vaziyatda shay turgan Amir Saidov bo'sh darvozaga to'pni kiritib qo'ya qoldi, 3:0.

76. Himoyachilarimiz o'z poziciyalarida raqibga imkon berayotgani yo'q.

71. ZARBAAAAAA. Muhammadali Reimovning zarbasi noaniq chiqdi. 

65. Xavfli vaziyayat. Kanada jarima maydonchamizni ichigacha kirib keldi. Himoyachilar qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

63. O'ZGARISH. Kanada Gael De Montini o'rniga Lino Alil, Antoni Klukovski o'rniga Erik Pop tushdi. 

59. OGOHLANTIRISH. Kanada, Teylo Lendono

60. ZARBAAAA. Ollabergan Karimov qulay poziciyaga chiqib bordi va zarba yo'lladi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

54. O'yin maydon markazida kechmoqda. Futbolchilarimiz har bir vaziyatda aniq harakat qilmoqda. 

46. O'ZGARISH. Kanada, Tarik Taxid o'rniga Filip Igbinobaro, Kevon Tavernier o'rniga Lukas Ozimech maydonga tushdi. 

46. O'ZGARISH. O'zbekiston, SHodiyor SHodiboev o'rniga Jasur Hikmatullaev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

43. So'nggi daqiqalarda o'yin nazorati raqib tomoniga o'tdi. 

39. SHodiyor SHodiboev raqibi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Barchasi joyida

30. VAR chiziq tortib ko'rdi va hech qanday o'yindan tashqari holat yo'qligini ko'rsatib berdi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. O'zbekiston to'xtayotgani yo'q. Kanada darvozasiga ikkinchi golni ham urdik. Ishtaxa taom payti ochiladi. Olg'a O'zbekiston! Amir Saidovdan dubl. Hakam VAR qaroridan so'ng golni inobatga oldi. Amir Saidov raqib jarima maydonchasiga kirib borib darvozani ishg'ol qilgandi.

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Burchak zarbasidan to'p o'yinga kiritildi. Ollabergan Karimovning jarima maydonchasi ichiga uzatib bergan to'pi hech kimga tegmasdan darvozadan joy oldi, deb o'ylagan edik. Lekin FIFA rasmiylari Richard CHukvuga avtogol yozishdi. Rasmiy qog'ozlardan chetga chiqa olmaymiz. 

21. Burchak zarbasi ishladik. 

19. ZARBA. Kanadaning navbatdagi hujumi yaxshi ham samarasiz yakunlandi. CHimere Omeze yo'llagan zarba xavfli ko'rinish oldi. 

16. ZARBA. Yana Kanada darvozamiz tomon yurish qilib ko'rdi. Tarik Tahidning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi. Raqibga zarbalar yo'llashiga imkon berib qo'ymoqdamiz. 

14. ZARBA. Kanadadan xavfli hujum. Tayler Londono himoyachilarimizdan ilgarilab ketib zarba yo'lladi. Noaniq. 

8. ZARBAAAA. Yana Mirzaev faollik ko'rsatdi. Jarima maydonchasi ichida Lazizning zarbasini himoyachilar qaytardi. Qaytgan to'p kanadalik posbonning qo'liga borib tushdi. Yomon emas. 

6. ZARBAAAAAAAAAAAA. Lazizbek Mirzaev jarima zarbasini aniq ijro etdi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. O'yindagi ilk xavfli vaziyat o'zbekistonlik o'smirlar tomonidan sodir etildi. 

5. Kanada jarima maydonchasiga yaqin nuqtada jarima zarbasi ishladik. SHodiyor SHodiboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Gol urish uchun juda qulay nuqta!

3. Kanada darvozamiz tomon ilk hujumni uyushtirdi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etdi.

- Uchrashuv boshlandi. Yigitlarga omad tilaymiz. Olg'a O'zbekiston!

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyalar yangradi. Barcha narsa tayyor. Biz ham tayyor!

- Uchrashuv boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi. Malumot uchun, guruhdagi dastlabki uchrashuvda Ispaniya Malini 1:0 hisobida engdi. 

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика