U-17 jahon chempionati. Osiyoning uchta jamoasi 3-turni g'alaba bilan yakunladi
03 noy 2019 10:19
Yangiliklar


U-17 jahon chempionati. Osiyoning uchta jamoasi 3-turni g'alaba bilan yakunladi
OFK nomidan musobaqada ishtirok etayotgan Osiyoning to'rt jamoasidan uchtasi guruhdagi oxirgi turni o'tkazib, har uchalasi g'alaba qozondi. Xususan Avstraliya Nigeriyaga qarshi bahsda 2:1 hisobida zafar quchdi. Janubiy Koreya o'smirlar terma jamoasi xuddi shu hisob bilan CHilini mag'lub etdi. Yaponiya esa Nishikavaning yagona goli tufayli oxirgi turda Senegaldan 1:0 hisobida ustun keldi.
SHunday qilib Yaponiya U-17 terma jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'l oldi. Janubiy Koreya 6 ochko to'plab ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqdi. Avstraliya hisobida 4 ochko bor eng yaxshi uchinchi o'rin egalari qatorida birinchi o'rinda boryapti va bu jamoani ham keyingi bosqichga chiqdi desa bo'ladi. CHunki boshqalar 3 ochkodan to'plagan.
Bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da Tojikiston 3-turni o'tkazadi. Yon qo'shnilarimiz Argentinaga qarshi bahs olib borishadi. Hozircha Tojikiston hisobida 3 ochko bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar