Tyuramning o'g'liga uchta klub qiziqish bildirmoqda
05 iyu 2019 15:45
Yangiliklar


Tyuramning o'g'liga uchta klub qiziqish bildirmoqda
"Lion", "Marsel" va Dortmundning "Borussiya" klubi "Gengam" hujumchisi Mark Tyuramga qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Franciya va Germaniya klublari futbolchini yozda sotib olish yo'llarini ko'rib chiqishmoqda. "Gengam" yangi bosh murabbiyi Patris Leyrning so'zlariga ko'ra, forvardni jamoada saqlab qolish qiyin bo'ladi, chunki klub Liga 1ni tark etdi.
21 yoshli Tyuram afsonaviy franciyalik himoyachi Lilian Tyuram o'g'li hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u Liga 1ning 32ta uchrashuvida maydonga tushdi va 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar