So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланмоқда  8 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  2 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  4 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  5 19:19Футболчиларни сотиб ололмаётган "Барселона" эркин агент топди, аммо яна битта муаммо бор  3 19:11Де Росси Элдор Шомуродовнинг фаолиятидаги нечанчи мураббий?  3 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   8 17:35БУМ! Рамос ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтмоқда. У энди Роналду ва Бенземага қарши ўйнайди  4 16:59ЖЧ-2026 саралаши: Қирғизистон терма жамоасига яна икки нафар футболчи чақирилди  0 16:40Бугун ЕЧЛ қуръаси. Янги формат ва қуръа механизми қандай?  10 16:25Яна бир футболчи ТОП клубларнинг таклифига қарамай, фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиришга қарор қилди  1 16:14"Арсенал" трансфер ойнасининг охирги куни Франция термаси етакчиси билан шартнома имзоламоқчи  8 15:48Килиан Мбаппе Месси ҳақида: "Бу "митти" мен учун "GOAT" эмас"  9 15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  42 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  2

Tyuram, Yovelich, Skov, SHkiri... Bundesliganing istiqboli porloq yosh futbolchilari Yangiliklar

Tyuram, Yovelich, Skov, SHkiri... Bundesliganing istiqboli porloq yosh futbolchilari

Transfer bozori yopilgach, undagi xaridlarni tahlil qilish jarayonida barchamiz katta-katta millionlarga etibor qaratamiz.

Ammo shunday xaridlar ham amalga oshirildiki, futbol bozorining buguni uchun kamtarona mablag' evaziga amalga oshirilgan bo'lsada, bizga juda ham ko'p narsalarni vada qila oladi. Quyida Bundesliganing yangi mavsumida porlashi kutilayotgan nemis futbolidagi yangi nomlar bilan tanishing.

Ele SHkiri («Kyoln»)
Qayerdan keldi:
«Monpele»
Transfer bahosi: 6 mln. evro
Ele SHkiri ham Sebastian Bornau kabi «Kyoln»ning qimmatli xaridlaridan biri bo'ldi. Axim Bayerlorcer murabbiyligidagi yangilangan jamoaning asosiy yulduzlaridan biri aynan tunislik futbolchi bo'lishi kutilmoqda. Hamma jamoa etakchilari sifatida Entoni Modest va jamoa to'purari Simone Teroddelarning harakatlarini kuzatish qiziqarli bo'lishini takidlayapti, ammo biz tunislik Ele SHkirining jamoa yuragiga aylanishiga aminmiz.



Kristofer Nkunku («Leypcig»)
Qayerdan keldi:
PSJ
Transfer bahosi: 13 mln. evro
Kristofer Nkunku – nafaqat «Leypcig», balki butun Germaniya chempionatining eng yorqin transferlaridan biri bo'ldi. Franciya yoshlar terma jamoasi azosi «PSJ»nit ark etib, Bundesliga chempionligi uchun kurash olib borishga qaror qildi. Nkunku ko'p qirrali, tezkor va texnikali futbolchi hisoblanadi. Bu sifatlar jamoa murabbiyi Yulian Nagelsmann uchun juda muhimdir. U Nkunkuni Yussuf Poulsen va Timo Vernerlarga qo'shib Bundesliganing «daxshatli» hujum triolaridan biriga asos solmoqchi.



Robert Skov («Xoffenxaym»)
Qayerdan keldi:
«Kopengagen»
Transer bahosi: 10 mln. evro
Robert Skovning APL klublaridan biriga o'tishi haqida ko'plab taxminlar bor edi, biroq «Xoffenxaym» jamoasi barchada tezkor chiqib qoldi. Daniyalik futbolchi xalqaro turnirlar yo'llanmasi uchun kurash olib boradigan jamoa safiga ko'chib o'tdi. Jamoa asosiy futbolchilarini yo'qotgan bo'lsa ham, pastga sho'ng'ishga haqqi yo'q. SHuning uchun ham jamoa rahbariyatining Skovdan umidlari katta.



Deyan Yovelich («Ayntraxt»)
Qaerdan keldi:
«Crvena Zvezda»
Transfer bahosi: 4 mln. evro
O'tgan mavsum «Ayntraxt» klubi safida «yirtqichlik» xususiyatini to'la namoyish qilgan Luka Yovich jamoani tark etgach, rahbariyat Deyan Yovelichni olib keldi. Bu futbolchi 20 yoshda bo'lib, Serbiyaning barcha yoshdagi terma jamoalari safida o'ynab chiqishga ulgurgan. U ham Luka Yovich kabi «Crvena Zvezda» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hikoya takrorlanadimi? Aytish qiyin. Ammo, takidlash kerakki, Deyan Belgrad klubi safida har ikki o'yinning birida gol urib kelgan.




Markus Tyuram («Borussiya» Myonxengladbax)
Qayerdan keldi:
«Gengam»
Transfer bahosi: 9 mln. evro
Afsonaviy Lilian Tyuramning o'g'li Markus ikki yil franciya chempionatida faoliyat olib bordi. Endi esa hamyurti Frank Riberi kabi Bundesligada o'z tarixini yaratishga harakat qilib ko'radi. Italiyada tug'ilgan francuz jismonan baquvvat va juda ham tezkor hisoblanadi. Unga «Borussiya» Myonxengladbaxning yangi etakchisi sifatida qarashmoqda. Ehtimol, u otasining yutuqlaridan ham ko'prog'iga erisha olar.



Xaver SHlager («Volfsburg»)
Qayerdan keldi:
«Zalcburg»
Transfer bahosi: 15 mln. evro
Xaver SHlager «Volfsburg»ga ko'chib o'tgach, Bundesliga yana bir texnik jihatdan etuk futbolchi bilan boyidi. CHapaqay futbolchi «Zalcburg» tarkibida maydonni ko'ra olish sifati bilan ham ajralib turardi. Bu kabi sifatlari unga universallik baxsh etadi. Avstriyalik futbolchi nafaqa hujumda, balki himoyada ham ehtiyotkor o'yin namoyish eta oladi.



Diadi Samasseku («Xoffenxaym»)
Qayerdan keldi:
«Zalcburg»
Transfer bahosi: 12 mln. evro
O'tgan mavsum «Zalsburg» safida SHlager pleymeyker zonasida harakatlangan bo'lsa, Samasseku uning ortida – maydon markazini nazorat qilardi. Ko'pchilik uni Nabi Keytaga qiyoslamoqda, lekin u ko'proq Ngolo Kantega o'xshaydi. Ilgari u hujumkor yarim himoyachi bo'lgani tufayli ajoyib texnika sohibi hisoblanadi. SHuningdek, Samassekuning eng katta yutug'i o'tkir qarshi hujumlarni boshlay olishidir. 23 yoshli futbolchi jismonan juda baquvvat emas, ammo bu uning vazifalarini alo darajada bajarishi uchun to'sqinlik qila olmaydi.




Mussa Diabi («Bayer»)
Qaerdan keldi:
PSJ
Transfer bahosi: 15 mln. evro
Biz «PSJ»ning olamshumul xaridlar qilishiga o'rganib qoldik, ammo parijliklar mamlakat futbolining yosh istedodlarini qadrlashni unutib qo'yishgan. Parijliklar akademiyasining so'ngi yutuqlaridan biri – Mussa Diabidir. 20 yoshli futbolchida ajoyib tezlik va golga xarislik sifatlari mujassamlashgan. SHubhasiz, u «Bayer» safida Leon Beyli va Kay Xaverclar bilan birga ajoyib trioni shakllantiradi.




Xannes Volf – («RB Leypcig»)
Qayerdan keldi:
«Zalcburg»
Transfer bahosi: 12 mln. evro
Volf yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida jarohat orttirib olgach, Bundesligada darrov porlash imkonidan mahrum bo'ldi. Biroq, bu hech narsani o'zgartirmaydi: «Leypcig» rahbariyati istiqboli eng porloq futbolchilardan birini sotib olganini yaxshi biladi. Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyahi bugunga qadar 89 marta «Zalcburg» safida maydonga tushishni uddalagandi.





Yuqorida sanab o'tilgan nomlar yaqin kelajakning eng yorqin yulduzlariga aylanishlari mumkin. Zero, jamoalar ularga katta umid bog'lashgan. Bu yigitlar yana bir bor futbolda hamma narsa pulga bog'liq emasligini yana bir marta isbotlab berishsa, ajab emas. Germaniya chempionatini kuzatish barobarida bu yigitlarning harakatlariga baho berishni ham unutmang.



Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика