Tyuram chempionlikni nishonlayotgan o'g'liga shapaloq tushirdi
21 may 2024 20:21
Yangiliklar


Tyuram chempionlikni nishonlayotgan o'g'liga shapaloq tushirdi
"Inter" futbolchisi Markus Tyuramning chempionlikni nishonlash paytidagi harakatlari otasiga yoqmadi.
1998 yilgi jahon chempioni Lilian Tyuram "Inter" bilan A Seriya g'olibi bo'lgan o'g'li Markus Tyuramning chempionlikni nishonlash marosimida ishtirok etdi.
Markus Tyuram A Seriya doirasida 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
CHempionat doirasida "Yuventus"ni mag'lub etgan "neradzurri" vakili tantanani sakrab nishonladi va "Kim sakramasa, u "Yuve" muxlisi!" deya qichqirdi.
Buni uning qarshisida turgan otasi Lilian Tyuram eshitib, unga tabassum aralash engil tarsaki tushirdi.
Eslatib o'tamiz, Lilian Tyuram bir vaqtlar "Yuventus"da to'p tepib, ikki marta A Seriyada chempion bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar