Tyago Motta: "Bir kun kelib PSJni boshqarmoqchiman"
08 may 2018 18:45
Yangiliklar
Tyago Motta: "Bir kun kelib PSJni boshqarmoqchiman"
PSJ yarim himoyachisi Tyago Motta kelajakda Parij jamoasi bosh murabbiyiga aylanmoqchi.
"Maqsadim - bir kun kelib PSJni boshqarish. Hali ko'p voqealar sodir bo'lishi mumkin va men qadamba-qadam maqsadim sari intilmoqchiman. Bu g'oya miyamga o'rnashib qolgan, biroq bunga hali ancha borligini his qilib turibman" - deydi Motta.
Joriy mavsum 35 yoshli yarim himoyachi Franciya chempionatining 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar