"Tvitter nima deydi?". Iroqdan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin
18 noy 2020 12:42
Yangiliklar
"Tvitter nima deydi?". Iroqdan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin
O'zbekiston milliy terma jamoasi ham BAA da o'z yig'inini o'tkazmoqda. Yig'in doirasida rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan ikkinchisini kecha o'tkazdi va unda Iroq terma jamoasiga qarshi o'ynadi hamda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Twitter foydalanuvchilari esa mazkur o'yin haqida turli tanqidiy va sarkazmli fikrlarini qoldirishdi.
Balki to'g'ri maslahatdir..:
O'z qimmatli asablarizni O'zbekiston MTJ uchun sarflamanglar. Daromad yullari xaqida bosh qotirish asosiy mavzu bo'laqolsin.
— Mehriddin Baxshilloyev (@baxshilloyev) November 17, 2020
O'zbek futbolidan ko'ngli sovugan muxlis:
Man uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi yo'q.
Anu Abramov etaklab yurgan 10-15ta odamlar yutadimi, yutqizadimi qizig'iyam yo'q.
Evropa futbolidan zavq olib yashashda davom etamiz.
— Komiljon Aslonov (@k_aslonov) November 17, 2020
Milliy terma jamoa kim yutmadi faqat?!
O'zbekiston mtjni yutmagan bangladesh va zavoddigi bangladeshliklar qoldi
— Zokir (@Hoji_pochcha) November 17, 2020
O'FA ning Yutubdagi sahifasida o'yin jonli translaciya qilindi va uni sharxlagan inson haqida:
Davron sharhlaganlariga pushmon bo'lgandir...
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) November 17, 2020
Og'abek Samisov tayyorladi
Fikrlar