Tuxelning yordamchisi: “Bu xabar biz uchun shok bo'ldi”
03 jan 2021 21:45
Yangiliklar


Tuxelning yordamchisi: “Bu xabar biz uchun shok bo'ldi”
PSJ sobiq ustozi Tomas Tuxelning yordamchisi Jolt Lev nemis mutaxassisi istefoga chiqarilgani haqida fikr bildirdi.
“23 dekabr kuni “Strasburg”ni 4:0 hisobida enganimizda keyin, sport direktori Leonardo bizni yig'ib, klub endi Tomasga umid bog'lamayapti, deb aytganida biz shokka tushdik
2020 yildagi katta qiyinchiliklardan so'ng, PSJ tarixiy natijaga erishganidan so'ng, CHempionlar Ligasi joriy mavsumida ham guruh bosqichidan chiqqandan so'ng, Franciya chempionati eng qizg'in pallaga kirayotgan vaqtda tushunish qiyin bo'lgan qaror qabul qilindi.
SHu bilan birga, mavsum davomidagi ko'plab jarohatlar va koronavirusga qarshi kurashish ham ishtirokimizga tasir o'tkazdi. O'ylashimcha, yilni shunday yakunlaganimiz – bu professional muvaffaqiyat. Haqiqatan bizdan kutilgan umidlardan ham yuqoriroq natijani ko'rsatdik”, deydi Tuxelning assistenti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar