Tuxel: “Qo'lni siqqan paytda bir-birining ko'ziga qarash kerak deb o'ylardim”
15 avg 2022 08:10
Yangiliklar
Tuxel: “Qo'lni siqqan paytda bir-birining ko'ziga qarash kerak deb o'ylardim”
“SHunchaki qoyilmaqom ko'rindik. G'alabaga esa faqat bitta jamoa loyiq edi, bu biz edik. “Tottenxem”ning ikkala goli hisoblanmasligi kerak edi.
Xavercga nisbatan fol aniq bor edi va vaziyat davom etdi. Risharlison ofsaydda turgandi. Qachondan beri maydonda sochdan tortish mumkin (o'yin vaqtida Kristian Romero Mark Kukurelyaning sochidan ushlab, uni muvozanatdan chiqardi).
90 daqiqa ustunlik qildik. O'zimizga munosib natijaga erisha olmaganimizdan barcha futbolchilarim uchun afsusdaman.
Qo'lni siqqan paytda bir-birining ko'ziga qarash kerak deb o'ylardim. U boshqacha (Konte haqida) o'yladi. Bunga xojat yo'q edi.
Mazkur holatni biroz asabiylashgani tufayli ikki futbolchi o'rtasida kelib chiqqan mushtlashuvga qiyoslayman, ammo hech narsa bo'lmagan va hech kim jabrlanmagan. Bu APL, ikkala murabbiy ham o'z jamoasi uchun kurashdi.
Bori shu, qo'rqinchli narsa bo'lmada. Bugun bu bahsning bir qismi edi”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar