Tuxel Lukaku kelajakda "CHelsi" sardori bo'lishi mumkin deb hisoblaydi
20 sen 2021 18:24
Yangiliklar
Tuxel Lukaku kelajakda "CHelsi" sardori bo'lishi mumkin deb hisoblaydi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Romelu Lukaku kelajakda jamoa sardori bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Lukaku - yuqori darajadagi sportchi, u mashg'ulotlarni sevadi, uning yuzida doimo tabassum, u har bir musobaqada g'alaba qozonishni xohlaydi. Bu yaxshi. Romelu boshqalarga namuna bo'lmoqda.
U sardor bo'lishi mumkinmi? Ha, shunday bo'lishi mumkin deb o'ylayman. Ammo, hozir buni o'ylashning payti emas, bizda ajoyib sardor bor. Asosiysi - Romelu o'zini sardorlardek tutmoqda, bu esa shunchaki sardorlik bog'ichi bo'lishidan ko'ra muhimroq", - deydi Tuxel.
Jamoaning amaldagi sardori ispaniyalik himoyachi Sesar Aspilikuetadir.
Lukaku "CHelsi"ga 2021 yilning avgustida "Inter"dan o'tdi. 28 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum klub safida 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar