Tuxel: "Kamavinganing transferini xohlayman, ammo bu "Monopoliya" emas"
10 sen 2020 13:14
Yangiliklar
Tuxel: "Kamavinganing transferini xohlayman, ammo bu "Monopoliya" emas"
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Renn" tayanch yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing Parij klubiga o'tishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.
"Kamavinganing jamoamda bo'lishini xohlaymanmi? Ha, albatta. Ammo, men boshqa jamoa o'yinchilari haqida gapira olmayman. U Liga 1'ning eng kuchli o'yinchilaridan biri. Kamavinga - ajoyib o'yinchi, juda kuchli, unda katta kelajak bor. Ammo, u shuningdek CHempionlar Ligasida ishtirok etadigan ajoyib jamoada o'ynaydi.
Bu "Monopoliya" emas, hammasi bunchalik oson emas. Kamavinganing transferini rad qilolmayman", - deydi Tuxel.
"Renn" Eduardoni 80 million evroga baholamoqda. Franciyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar