Tuxel: "Hal qiluvchi pallalarda doimo yaxshi natijalar qayd eta olganmiz"
23 may 2021 13:32
Yangiliklar
Tuxel: "Hal qiluvchi pallalarda doimo yaxshi natijalar qayd eta olganmiz"
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning so'nggi turi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Parallel o'tadigan uchrashuvga qaramoqchi emasman. Albatta, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida kichik hisob bilan oldinda borayotgan bo'lsak-u, raqiblar bosim uyushtirayotgan bo'lsa, turnir jadvaliga qarab, vaziyatga baho berish kerak bo'ladi. Bu menimcha normal holat.
Barchasi o'z qo'limizda, g'alabaga erishsak, savollarga o'rin qolmaydi. Futbolda kutilmagan vaziyatlar bo'lishini barcha yaxshi biladi. SHu boisdan barchasiga tayyor turishimiz kerak. So'nggi paytlarda juda ko'p o'yinlar o'tkazdik va unda bosim his qildik. Muhimi, hal qiluvchi pallalarda kerakli natijalarni qo'lga kirityapmiz. SHu boisdan o'zimizni yaxshi tomondan ko'rsata olyapmiz, desam ham bo'ladi", - dedi Tuxel.
Fikrlar