Tuxel diskvalifikaciya qilindi
11 apr 2019 12:30
Yangiliklar


Tuxel diskvalifikaciya qilindi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Franciya chempionatining bitti o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.
Malumotlarga ko'ra, mutaxassis "Strasburg"ga qarshi Liga 1ning 31-tur bahsida qizil kartochka olgani uchun 1ta o'yinga chetlatildi. O'sha bahsda hakam Tuxelning faol etirozlari uchun uni tribunaga chiqarib yuborgan edi.
SHunday qilib, Tuxel 14 mart kuni "Lill"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda jamoasini maydondan boshqara olmaydi.
45 yoshli Tuxel joriy mavsum boshida PSJ ustozi sifatida elon qilindi. Uning klub bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar