Tuxel: “CHelsi” ham ruhan, ham jismonan charchagan”
19 jan 2022 07:50
Yangiliklar
Tuxel: “CHelsi” ham ruhan, ham jismonan charchagan”
APL doirasida “Brayton”ga (1:1) qarshi o'yindan keyin “CHelsi” ustozi Tomas Tuxel o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“CHarchab qolgandek ko'rindik va bu rost. “Brayton” yaxshi tayyorgarlik ko'rganini bilardik, ular buning uchun ko'proq vaqt bor edi. Stadion esa xuddi g'alaba qozongandek bayram qildi.
Hamma narsani sinab ko'rdik, ammo ruhiy va jismoniy tomondan charchaganimiz ko'rindi. Bizga bir necha kunlik dam kerak. Boshqa echim yo'q.
Ayni vaqt shogirdlarimga qattiqqo'l bo'lishim qiyin, chunki nima bo'layotganini bilaman. Gol bo'lgan vaziyatdagi munosabatidan ham ular charchagani sezildi. Bu engillik hissi edi. Hozirda jamoa menga shunday ko'rinmoqda”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar