Tuxel: “Bu “Monopoliya” emas”
07 jan 2020 21:05
Yangiliklar
Tuxel: “Bu “Monopoliya” emas”
PSJ ustozi Tomas Tuxel klubning joriy mavsum qo'ygan maqsadlari yuqori ekanligi haqida fikr bildirdi.
“Barcha titullarni o'zimizniki qilmoqchimiz. Buning uchun ajoyib jamoa, murakkab echimlar zarur hisoblanadi. Bu esa PSJ kabi klub uchun muhimdir. Qishki transfer oynasida jamoani ko'p ham o'zgartirmoqchi emasmiz, boisi, bu “Monopoliya” emas. Hozirgi tarkibdan mamnunmiz. O'ylaymanki, u shundayligicha qoladi”, – deya qayd etgan murabbiy.
Eslatib o'tamiz, PSJ joriy mavsum Franciya chempionatida peshqadamlik qilmoqda, mamlakat Kubogida esa 1/16 finalga yo'l olgan. SHuningdek, parijliklar ECHLning pley-off bosqichida “Borussiya D” bilan bahs olib borishadi.
Fikrlar