So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  2 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  12 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Tursunov: Vorskla bilan evrokuboklarda o'ynamoqchiman Yangiliklar

Tursunov: Vorskla bilan evrokuboklarda o'ynamoqchiman

Vorsklaga ko'chib o'tgan Sanjar Tursunov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- Sanjar, klubga hush kelibsiz. Yangi klubdoshlaringiz qanday qarshi olishdi?
- Rahmat. Bu jamoaga kelganimdan mamnunman. Meni qoniqtirmagan hech qanday holat yo'q. Ajoyib jamoaga kelganimga aminman. Bu erda anchadan buyon o'ynayotgandekman (kuladi).


- Kim Ukraina variantini taklif qildi?
- Agentim va Poltava klubi aloqa o'rnatishdi. O'zim ham Vorskla bilan yig'inga borishga tayyor edim. Qaytaraman – bu er menga yoqmoqda.


- Oldin Ukraina chempionatini kuzatarmidingiz?
- Rossiyada o'ynaganimda Ukraina Premer-ligasini kuzatishga ko'p ham imkon bo'lavermasdi. Asosan internetda xabarlarni o'qirdim. Dneprda o'ynagan yoshlikdagi do'stim Vitalik Denisov haqida bilasizlar. Maks SHackix Ukraina chempionati saviyasi haqida gapirib bergandi. Albatta, Ukraina klublarining evrokuboklardagi bahslarini o'tkazmaslikka intilardim.


- Do'stingiz Denisovning maslahati Vorsklaga o'tishda muhim rol o'ynadimi?
- To'g'ri-to'g'ri. Bu men uchun yaxshigina rol o'ynadi. U Vorskla haqida yaxshi fikrlar bildirdi.


- Jamoadagi ko'pchilik sizining universaligingiz haqida gapirmoqda. Internetdagi videolar orqali ko'rganimizda asosan o'ng qanot yarim himoyasida o'ynagansiz…
- Men uchun chap yoki o'ng farqi yo'q. Alaniyada men chap qanotda o'ynardim, Gazovikda ham shunday. SHunday ekan, Vorsklada ham chap qanot kuchsiz bo'lmaydi deb umid qilaman (kuladi).


- Endi klubga kelgan barcha yangi futbolchilarga beriladigan savol: Vorskla bilan nimalarga erishmoqchisiz?

- Katta niyatlarim bor, chempionatning qolgan o'yinlarida bor kuchimiz bilan o'ynab evrokuboklarga yo'llanma beruvchi o'rinlardan birini egallashga urinamiz. Ko'p gapirishdan ko'ra ko'proq ishlashni maqul ko'raman.

Artem Lobanov, FK Vorskla matbuot xizmati

Narzulla Saydullaev tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика