"Turon"da evropalik murabbiy ish boshlaydi
02 jan 2022 10:22
Yangiliklar
Bu haqida "Turon" vice-prezidenti Aleksandr Azimov klub matbuot xizmatiga katta intervyu berdi. Suhbat jarayonida yangi mavsumda jamoada asli latviyalik, hozirda Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis Vadim Barnich ish boshlashi haqida ham aytib o'tdi.
"Malumot o'rnida aytishim mumkin, tez orada "Turon"da asli Latviya davlatidan bo'lgan, hozirgi kunda Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis Vadim Barnich ish boshlashga yaqin turibdi. Barnichni futbol jamoatchiligi "Fortuna Dyusseldorf" klubidagi faoliyati orqali ham tanishadi. Hozirda "Turon"da o'zbekistonlik istedodli mutaxassis Anvar Berdiev ishlamoqda. Biz aynan Berdiev va Barnichning o'zaro uyg'un xolda faoliyat olib borishlarini taminlamoqchimiz",- deydi Aleksandr Azimov.
Tez fursatlarda ushbu intervyuni saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar