So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

"Turon" rossiyalik darvozabon bilan kelishuvga erishdi Yangiliklar

"Turon" rossiyalik darvozabon bilan kelishuvga erishdi

"Turon"ning qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlariga bir qator xorijiy legionerlar jalb etiladi.

Xabaringiz bor, yangi mavsumdan "Turon" O'zbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ayni kunlarda Islombek Ismoilov boshchiligidagi klub murabbiylar shtabi tarkibni yanada kuchaytirish, jamoaning har bir chizig'ida sog'lom raqobatni yuzaga keltirish maqsadida bir qator futbolchilarni jalb etish bo'yicha izlanish olib bormoqdalar. Xususan tez kunlarda jamoa qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlariga Serbiya va Latviya davlatlaridan bo'lgan futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, klub mamlakatimizdagi faoliyati bilan ko'pchilik futbol muxlislariga tanish bo'lgan rossiyalik istedodli posbon Evgeniy CHeremisin bilan ham kelishuvga erishgan. SHuningdek, jamoaning qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida Superliga klublarida o'ynab kelgan bir qator tajribali futbolchilar ham ishtirok etadi. Bu haqda "Turon" futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Turon" tojikistonlik yarim himoyachi Umarjon SHaripov bilan 1 yillik shartnoma tuzgandi. Bundan tashqari yakunlanayotgan mavsumda "Lokomotiv" safida o'ynagan Davron Umirov ham "Turon" bilan kelishuvga erishgandi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика